Assalomu alaykum, azizlar. Bugun 31 dekabr. Yana bir kalendar yili ortda qolyapti. Bu yil, afsuski, uruşlar, xunrezliklar va asosan yomon xabarlar bilan yodda qoldi.

Amerikada Tramp prezidentlikka qaytdi, Ğazoda minglab tinç aholini öldirgan uruş tugadi, Ukrainadagi uruş esa hamon davom etmoqda. Oq uyda tarixda kuzatilmagan janjal böldi, dollarga işonç pasayib, oltin eng işonçli xazinaga aylandi. Isroil va Eron 50 yillik duşmanlik tarixida ilk marta uruşdi, nomiga bölsa ham. Quyida 2025 yil davomida dunyoda sodir bölgan eng muhim voqealarni eslaymiz.

Tramp qaytdi

20 yanvar kuni Donald Tramp AQŞ prezidentiga qaytdi. Respublikaçilar yetakçisi orada demokrat Baydenga yutqazib, mojaroli tarzda prezidentlikdan ketgandi. Lekin Bayden davrida mamlakat jiddiy muammolarga öralaşib qoldi: armiya Afğonistondan çiqib ketdi, Ukrainada va Ğazoda uruş boşlandi.

Yetmaganiga Baydenda qarilik alomatlari yaqqol sezilib qoldi. CNN studiyasida ötgan jonli efirdagi teledebatda Tramp Baydenga hal qiluvçi zarbani berdi: Bayden jonli efirda aljirab qoldi, Tramp esa raqibining muvaffaqiyatsizligi fonida debatdan qahramon bölib çiqib ketdi.

Töğrisi, 2024 yil yozida Trampni Pensilvaniyada öldirmoqçi bölişgan va öq uning quloğini silab ötgandayoq AQŞ prezidentlik saylovi natijasi hal bölib ulgurgandi. Öşa ustunligini saqlab qolgan Trampga saylovda Kamala Harris heç qanday qarşilik qila olmadi. Şu tariqa AQŞ tarixidagi eng unikal prezident sifatida yana Oq uyga qaytdi.

Trampning qaytişiga bejizga urğu bermayapmiz, çunki Amerika dunyodagi eng katta, eng qudratli davlat. Bu yerda hukumat özgarişi dunyoning har bir fuqarosiga ta’sir qiladi. Trampning qaytişi dunyo siyosatining oyoğini osmonda qildi. Bu eng avvalo Ukrainadagi uruşda sezildi. Kiyev birdaniga Vaşington harbiy yordamidan uzildi. AQŞ hatto yevropaliklarga Ukrainaga Amerika qurollarini berişni taqiqladi, hozirgaça bu çeklov amalda, NATO davlatlari Kiyevga oz miqdorda qurol bera olişyapti xolos, öz pullariga bölsa-da. Tramp saylovoldi kampaniyasi vaqtida uruşni bir kunda tugataman deb aytib yurgandi. Lekin bu kutilganidek blef bölib çiqdi.

Tramp uruşni tugatiş uçun juda radikal pozitsiya tanlab, uni boşlaşda Bayden va Zelenskiyni aybladi. Keyinroq röyxatga Putinni ham qöşdi. Lekin qarasa yoppasiga hammani ayblab natijaga erişib bölmas ekan. Şunda endi asosiy aybdor sifatida Ukrainani körsatib, Kiyevga bosim qila boşladi.