Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kolumbiya prezidenti Trampning tahdididan keyin xalqdan yordam so‘radi
Gustavo Petro AQSh prezidentining «ehtiyotkor bo‘lishi kerakligi» haqidagi ogohlantirishiga javoban «xalqdan prezidentni har qanday noqonuniy zo‘ravonlik harakatlaridan himoya qilishni so‘radim», dedi.
Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro avvalroq Lotin Amerikasi davlatlari rahbarlariga qarshi kuch ishlatish ehtimolini aytgan AQSh prezidenti Donald Trampning so‘zlari fonida keskin bayonot berdi.
Tramp Petroni «ehtiyotkor bo‘lishi kerakligi» haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ogohlantirgan edi.
Kolumbiya prezidenti o‘z bayonotida bunday signallarni mamlakat suverenitetiga va shaxsan o‘ziga tahdid deb hisoblashini ta’kidladi.
- Agar xalqimning katta qismi hurmat qiladigan va qo‘llab-quvvatlaydigan prezident qo‘lga olinsa, siz «xalq yaguari»ni uyg‘otasiz, dedi Petro.
- Agar siz yetarlicha razvedka qilmasdan zarba bersangiz, ko‘plab bolalarni o‘ldirasiz. Dehqonlarni bombardimon qilsangiz, tog‘larda minglab yangi partizanlar paydo bo‘ladi. Kolumbiyaning har bir askari bundan buyon buyruqqa ega: jamoat xavfsizligi kuchlarining har qanday qo‘mondoni AQSh bayrog‘ini Kolumbiya bayrog‘idan afzal ko‘rsa, darhol xizmatdan chetlatiladi. Men 1989 yilgi tinchlik paktidan keyin hech qachon qo‘limga qurol olmaslikka qasam ichganman, lekin Vatanim uchun yana qurol olaman, garchi xohlamasam ham. Men noqonuniy yoki giyohvand moddalar sotuvchisi emasman. Mening bor-yo‘q mulkim oilaviy uy bo‘lib, uni maoshimdan to‘layman. Men xalqimga juda ishonaman. Men xalqdan prezidentni har qanday noqonuniy zo‘ravonlik harakatlaridan himoya qilishni so‘radim. Xavfsizlik kuchlariga buyruq - xalqqa emas, bosqinchiga qarata o‘q uzish, deb qo‘shimcha qildi Kolumbiya prezidenti.
Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidenti Donald Tramp Venesuela prezidenti Nikolas Maduro qo‘lga olinganidan keyin Gustavo Petroni ochiqchasiga ogohlantirib, Kolumbiyada kokain ishlab chiqarilayotgani va u AQSh hududiga kirib kelayotganini aytgandi.
«Kolumbiya ham juda kasal. Uni kokain ishlab chiqarish va uni Qo‘shma Shtatlarga sotishdan zavqlanadigan odam boshqaryapti. Lekin men sizga aytaman: u bu bilan uzoq shug‘ullanmaydi», dedi Tramp.
U, shuningdek, Meksika haqida ham xuddi shunday ohangda gapirdi, uning so‘zlariga ko‘ra, bu davlat «narkokartellar hukmronligi ostida va u bilan nimadir qilish kerak».
Mavzuga oid
21:33 / 09.06.2026
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
20:52 / 09.06.2026
Tramp NBA finalida hushtakbozlikka uchradi
18:31 / 09.06.2026
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
15:12 / 09.06.2026