Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
To‘qayev MDH davlatlari prezidentlari qanday sport turi bilan shug‘ullanishini aytdi
To‘qayev yoga bilan muntazam shug‘ullanishi va stol tennisi o‘ynashini aytdi. Shuningdek, MDH mamlakatlaridagi hamkasblarining jismoniy faolligi haqida ham ma’lumot berdi.
Foto: turkystan.kz
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev mahalliy «Turkiston» gazetasiga katta intervyu berdi. U siyosiy va iqtisodiy mavzudagi sharhlardan tashqari, boshqa savollarga, xususan, salomatlik haqidagi savollarga ham javob berdi.
To‘qayev yoga bilan muntazam shug‘ullanishi va stol tennisi o‘ynashini aytdi. «Men muntazam ravishda yoga bilan shug‘ullanaman, stol tennisi o‘ynayman», dedi u.
Qozog‘iston rahbari so‘zlariga ko‘ra, bu uning sog‘lig‘iga «ijobiy ta’sir ko‘rsatadi», sog‘lig‘ida muammolar yo‘q, qon bosimi barqaror - me’yorda.
«Men kundalik yoga mashg‘ulotlariga kirishib ketdim, lekin meditatsiyasiz. Haftada bir-ikki marta sobiq professional tennischi bilan stol tennisi o‘ynayman. Darhaqiqat, 9 kilogramm vazn yo‘qotdim, bu esa o‘zimni yaxshi his qilishimga yordam berdi», dedi u.
To‘qayev MDH mamlakatlaridagi hamkasblarining jismoniy faolligi haqida ham ma’lumot berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya yetakchisi Vladimir Putin yaqinda Bishkekda bo‘lib o‘tgan norasmiy tadbirda yosh dzyudochi bilan jangda kuchini ko‘rsatib, jismoniy chidamlilik namoyish etgan. Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev doimiy ravishda jismoniy mashg‘ulot qiladi, Qirg‘iziston rahbari Sadir Japarov esa futbol o‘ynaydi. O‘zbekiston yetakchisi Shavkat Mirziyoyev sport zalidagi mashg‘ulotlar bilan formasini saqlab turadi, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan esa velosipedda faol harakatlanadi. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko xokkey o‘ynashda davom etmoqda, Tojikiston rahbari Imomali Rahmon esa chiniqish va jismoniy mashqlar tufayli «mustahkam sog‘lig‘ini saqlab qolmoqda».
«Bir so‘z bilan aytganda hamkasblarimning barchasi sog‘lom», dedi To‘qayev.
Mavzuga oid
20:38 / 30.01.2026
Jizzaxda turizm majmualari tashkil etiladi, Arnasoy aeroporti kengaytiriladi
18:41 / 30.01.2026
Prezident huzurida “O‘zbekneftgaz”ning kelgusidagi ustuvor vazifalari ko‘rib chiqildi
14:36 / 30.01.2026
Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi (fotolar)
08:51 / 30.01.2026