Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash amaliyoti 20 foizga tushiriladi
“O‘zbekiston–2030” strategiyasi loyihasida aholi murojaatlarini mahalliy darajada hal etish samaradorligini oshirish, NNT ishtirokini kengaytirish, sud-huquq islohotlarini chuqurlashtirish hamda kiberjinoyatchilik va ayrim jinoyat turlarini kamaytirishga qaratilgan ko‘rsatkichlar belgilangan.
“O‘zbekiston–2030” strategiyasi loyihasida xalq bilan muloqotni yanada kengaytirish orqali aholi muammolarini aniqlash va hal etish tizimining samaradorligini oshirish vazifasi nazarda tutilmoqda. Jumladan, murojaatlarning kamida 80 foizi mahalliy darajada qanoatlantirilishini ta’minlash maqsad qilingan.
Shuningdek, erkin fuqarolik jamiyati va ommaviy axborot vositalari faoliyatini yanada rivojlantirish hamda O‘zbekistonni fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha habga aylantirish vazifalari qayd etilgan. Ushbu yo‘nalishda davlat dasturlarida ishtirok etayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari sonini kamida 80 taga yetkazish ko‘zda tutilmoqda.
Strategiya loyihasida Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligini ta’minlash, inson huquq va erkinliklarining ishonchli himoya qilinishini ta’minlash sud-huquq islohotlarining bosh mezoniga aylantirilishi belgilab qo‘yilgan. Xususan, ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash amaliyotini 30 foizdan 20 foizga tushirish rejalashtirilmoqda.
Bundan tashqari, sudlar hamda tergov organlari faoliyatida ayrim protsessual harakatlarni masofadan turib amalga oshirish imkoniyatlarini kamida 50 foizga oshirish maqsad qilingan.
Jinoyatchilikka qarshi kurash yo‘nalishida kiberjinoyatlarning umumiy jinoyatchilikdagi ulushini 43 foizgacha kamaytirish, yoshlar tomonidan sodir etilayotgan oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlarni kamida 4 foizga, ayollar tomonidan sodir etilayotgan oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlarni esa kamida 5 foizga kamaytirish ko‘rsatkichlari belgilangan.
Mavzuga oid
20:43 / 08.06.2026
Sudyalar uchun daromad va mol-mulk deklaratsiyasini taqdim etish tizimi ishga tushiriladi
08:56 / 28.05.2026
Ehtiyot choralarini bekor qilish vakolati faqat sudga o‘tkazilishi mumkin
19:43 / 18.05.2026
3 kishini piyodalar yo‘lagida urib yuborib, ochiqda qolgan ayol qo‘shmachilik ustida ushlandi
13:12 / 18.05.2026