Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Grenlandiya yoki NATO? Tramp “tanlov bo‘lishi mumkin”ligini aytdi
Donald Trampning aytishicha, u xalqaro huquqqa muhtoj emas, prezident sifatidagi vakolatlarini esa “o‘zining shaxsiy aql-idroki” bilan cheklashni afzal ko‘radi. Shuningdek, Oq uy rahbari Grenlandiya ustidan nazorat o‘rnatish va NATOni saqlab qolish o‘rtasida tanlov bo‘lishi mumkinligini ham istisno qilmadi.
Foto: REUTERS
AQSh prezidenti Donald Trampning aytishicha, uning prezidentlik vakolatlarini xalqaro huquq emas, faqat “o‘z axloqi” cheklaydi. Oq uy rahbari The New York Times gazetasiga bergan intervyusida: “Bitta cheklov bor. Bu — mening o‘z axloqim. O‘z aql-idrokim. Meni to‘xtata oladigan yagona narsa shu. Menga xalqaro huquq kerak emas. Men odamlarga ziyon yetkazishga intilmayman”, — dedi.
Jurnalistlar “Ma’muriyatingiz xalqaro huquqqa rioya qilishi kerakmi?” degan savol berganida, Tramp: “Ha”, deb javob berdi. Keyinroq esa, bunday cheklovlar AQShga qachon tatbiq etilishini “o‘zi mustaqil hal qilishi”ni qo‘shimcha qildi. “Bu xalqaro huquqni qanday ta’riflashingizga bog‘liq”, — dedi respublikachӣ.
Nashr qayd etishicha, Donald Tramp “u uchun qay biri muhimroq — AQShning Grenlandiya ustidan nazorat o‘rnatishi yoki NATOni saqlab qolishmi?” degan savolga to‘g‘ridan to‘g‘ri javob berishdan bosh tortgan, biroq “tanlov bo‘lishi mumkin”ligini tan olgan.
Maqolada aytilishicha, Oq uy rahbari alyans AQSh unda asosiy tayanch bo‘lmasa, amalda foydasiz ekanini ochiq-oydin bildirgan. “Menimcha, biz har doim Yevropa bilan til topishamiz, lekin men ularning aqlga kelishi(ni) istayman. NATOga ko‘proq mablag‘ sarflashga, YaIMni oshirishga aynan men majbur qilganman”, — dedi Tramp.
Respublikachi jurnalistlar bilan suhbatda AQShning Karakasda Nikolas Maduroni qo‘lga olish bo‘yicha harbiy operatsiyasi Xitoy uchun Tayvan bo‘yicha da’volari doirasida pretsedent bo‘ldi, degan fikrni ham rad etdi.
“Bu (Xitoy Xalq Respublikasi raisi) Si Jinpingning o‘ziga bog‘liq — u nima qilishini. Lekin men unga aytganman: agar u shunga o‘xshash ish qilsa, men juda norozi bo‘laman. Va men u bunday qilmaydi, deb o‘ylayman. Umid qilaman, u bunday qilmaydi”, — deya ta’kidladi Tramp.
Mavzuga oid
22:33 / 09.01.2026
Tramp Putinga sabr-toqati tugayotgani haqida signallar yubormoqda – OAV
22:07 / 09.01.2026
Fransiya NATO a’zoligidan chiqishi mumkin
21:18 / 09.01.2026
Tramp Grenlandiyaning har bir fuqarosiga AQShga qo‘shilishi uchun 100 ming dollargacha to‘lamoqchi
18:35 / 09.01.2026