Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Eronga qo‘shin jo‘natish ehtimolini ko‘rib chiqmayapti – OAV
Shu bilan birga, Oq uyda Tehronga kuch bilan ta’sir ko‘rsatishning ayrim variantlari muhokama qilinmoqda.
Foto: Getty Images
AQSh prezidenti Donald Tramp Eronga Amerika harbiylarini jo‘natish ehtimolini ko‘rib chiqmayapti, deb xabar berdi CNN telekompaniyasi.
Telekanalning ma’lumot berishicha, Amerika ma’muriyatining yuqori martabali vakillaridan birining so‘zlariga ko‘ra, AQSh qo‘shinlarining Eronda amaliyot o‘tkazishi Tramp ko‘rib chiqayotgan imkoniyatlar ro‘yxatidan o‘rin olmagan.
Shu bilan birga, Oq uyda Tehronga kuch bilan ta’sir ko‘rsatishning ayrim variantlari muhokama qilinmoqda, lekin Vashingtondagilar Eronga zarba berilishi aks ta’sir ko‘rsatishi mumkinligidan, xususan, mamlakat aholisining jipslashishi yoki Eronning harbiy javob qaytarishidan xavotirlanmoqda.
Avvalroq Donald Trampga Eronga yangi harbiy zarbalarning bir necha variantlari taqdim etilgani aytilgandi.
Mavzuga oid
10:04
AQSh Milliy razvedkasi rahbari iste’foga chiqdi
23:05 / 22.05.2026
Rubio AQShning Rossiya va Ukraina bilan muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirib qolganini aytdi
20:13 / 22.05.2026
Tobora ko‘proq amerikaliklar Trampning iqtisodiy siyosatidan norozi
19:51 / 22.05.2026