Ta’lim | 21:53 / 11.01.2026
713
2 daqiqa o‘qiladi

Xorijda o‘qib muvaffaqiyatga erishgan talabalarga “Yilning xalqaro talabasi” mukofoti topshirildi

“Xalqaro yil talabasi” mukofoti “Yil talabasi”, “Jamiyat va diaspora rivojiga qo‘shgan hissa”, “O‘zbekistonni xalqaro maydonda munosib namoyon etish” va “Yil innovatsiyasi” nominatsiya bo‘yicha topshirildi.

Foto: "Dunyo" AA

Toshkentda ilk bor dunyoning yetakchi universitetlarida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalarning akademik, ijtimoiy va professional yutuqlarini e’tirof etishga bag‘ishlangan “Yilning xalqaro talabasi” mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

“Xalqaro yil talabasi” mukofoti “Yil talabasi”, “Jamiyat va diaspora rivojiga qo‘shgan hissa”, “O‘zbekistonni xalqaro maydonda munosib namoyon etish” va “Yil innovatsiyasi” nominatsiya bo‘yicha topshirildi.

2026 yilgi mukofot g‘oliblari:

“Yil talabasi” — AQShdagi “Columbia University Barnard College” talabasi Nozira Davroniy;

“Jamiyat va diaspora rivojiga qo‘shgan hissa” — Gonkongdagi “Hong Kong University of Science and Technology” talabasi Asadbek Ismoilov;

“O‘zbekistonni xalqaro maydonda munosib namoyon etish” — Buyuk Britaniyadagi “Oxford University” talabasi Aakib Niyoz;

“Yil innovatsiyasi” — Italiyadagi “Università degli Studi di Siena” talabasi Asliddin Akbarov.

Tadbir O‘zbekiston Xalqaro Talabalar Ittifoqi (UzSU) tomonidan Yoshlar ishlari agentligi hamda “El-yurt umidi” jamg‘armasi ko‘magida tashkil etildi.

Marosim doirasida UzSUning O‘zbekistondagi faoliyati rasman yo‘lga qo‘yildi.

Mavzuga oid