Turizm | 18:17 / 18.01.2026
2601
1 daqiqa o‘qiladi

2025 yilda O‘zbekiston xorijdan rekord darajadagi 11,7 million sayyohni qabul qildi

2024 yilga nisbatan sayyohlar oqimi 3,7 million kishiga ko‘payib, 46,8 foizni tashkil etdi.

Foto: Kun.uz

2025 yilda O‘zbekistonga 11,7 million chet el fuqarosi turistik maqsadlarda tashrif buyurgan.

Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich rekord darajaga yetdi va mamlakatga xalqaro qiziqishning barqaror o‘sishini yaqqol aks ettirdi.

2024 yilga nisbatan sayyohlar oqimi 3,7 million kishiga ko‘payib, 46,8 foizni tashkil etdi. Sezilarli o‘sish turizm infratuzilmasini rivojlantirish, viza rejimini liberallashtirish, xalqaro aviaqatnovlarni kengaytirish va O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini xorijda faol targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar bilan ta’minlandi.

2025 yilda O‘zbekistonga tashrif buyurgan sayyohlar soni bo‘yicha Top-10 mamlakat:

  • Qirg‘iziston - 3,3 million
  • Tojikiston - 2,7 million
  • Qozog‘iston - 2,7 million
  • Rossiya - 984,4 ming
  • Afg‘oniston - 476,7 ming
  • Turkmaniston - 370 ming
  • Xitoy - 278,9 ming
  • Turkiya - 174,9 ming
  • Hindiston - 80,8 ming
  • Koreya Respublikasi - 46,3 ming
Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid