Jahon | 22:16 / 18.01.2026
1906
2 daqiqa o‘qiladi

Yevropaning sakkiz davlati Grenlandiya bo‘yicha bayonot bilan chiqdi

Yevropa davlatlarining fikricha, boj tahdidlari transatlantik munosabatlarga raxna soladi va «quyiga yetaklovchi xavfli spiral»ni vujudga keltiradi.

Foto: REUTERS

Buyuk Britaniya, Germaniya, Daniya, Finlandiya, Fransiya, Niderlandiya, Norvegiya va Shvetsiya Arktikada xavfsizlikni mustahkamlash bo‘yicha qo‘shma bayonot e’lon qildi.

«Biz Daniya qirolligi va Grenlandiya xalqi bilan birdamligimizni bildiramiz. O‘tgan haftada boshlangan jarayondan kelib chiqib, suverenitet va hududiy yaxlitlik tamoyillariga asoslangan muloqotga tayyormiz», — deyiladi bayonotda.

Yevropa davlatlarining fikricha, boj tahdidlari transatlantik munosabatlarga raxna soladi va «quyiga yetaklovchi xavfli spiral»ni vujudga keltiradi.

Avvalroq Tramp AQSh Grenlandiyani qo‘shib olish bo‘yicha muzokaralarga tayyorligini bildirgandi.

«Amerika Qo‘shma Shtatlari Daniya yoki bu mamlakatlarning har qaysisi bilan darhol muzokaralarga kirishishga tayyor», — deb yozdi Tramp Buyuk Britaniya, Germaniya, Finlandiya, Fransiya, Niderlandiya, Norvegiya va Shvetsiyani nazarda tutib.

U kuni kecha AQSh bu davlatlarga nisbatan 10 foizlik boj kiritishini e’lon qilgandi.

Trampning bayonotlariga javoban sakkiz mamlakat Grenlandiyaga o‘z harbiylarini yubordi. Ammo Germaniya harbiylari Grenlandiyani tark etgani aytilmoqda.

 

Mavzuga oid