Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2025 yilda qurilish sohasi 14,2 foiz o‘sish qayd etdi
2025 yil yanvar–dekabr oylarida O‘zbekistonda bajarilgan qurilish ishlari hajmi 313,8 trln so‘mni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich 2024 yilga nisbatan 14,2 foizga yuqori.
Foto: Kun.uz
Milliy statistika qo‘mitasi e’lon qilgan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yilda mamlakatda jami 313,8 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. Qayd etilishicha, qurilish sohasidagi ushbu hajm 2024 yilning mos davriga nisbatan 14,2 foizga o‘sgan.
Ma’lumotlarda qurilish ishlari hajmining yillar kesimida barqaror ortib borayotgani ham keltirilgan. Xususan, yanvar–dekabr oylari natijalariga ko‘ra:
2022 yil — 130,7 trln so‘m;
2023 yil — 222,9 trln so‘m;
2024 yil — 259,6 trln so‘m;
2025 yil — 313,8 trln so‘m.
Shu tariqa, so‘nggi to‘rt yilda qurilish ishlari hajmi izchil o‘sib, 2022 yildagi 130,7 trln so‘mlik ko‘rsatkichdan 2025 yilda 313,8 trln so‘mgacha ko‘tarilgan.
Qurilish sohasidagi o‘sish infratuzilma loyihalari, ijtimoiy obektlar qurilishi, uy-joy barpo etish hamda hududlarni kompleks rivojlantirish ishlari faollashuvi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
19:36 / 13.02.2026
Toshkent bosh rejasi bahorda o‘zgartirilishi mumkin – Murad Buildings
14:50 / 09.02.2026
Qurilishlar bo‘yicha 22 mlrd so‘m fuqarolar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi
12:57 / 06.02.2026
Qurilish inspeksiyasi quruvchilarga ogohlantirish bilan chiqdi
20:12 / 03.02.2026