Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh rasman JSST tarkibidan chiqdi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti eng yirik moliyaviy donorlardan biridan ayrildi.
Foto: AFP/Getty Images
Donald Tramp bir yil oldin Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini (JSST) Covid-19 pandemiyasi paytida «xitoyparastlikda» ayblab, undan chiqish to‘g‘risidagi farmonni imzolagan edi. Endi esa rasman tashkilotni tark etdi.
AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi prezidentning pozitsiyasini tushuntirganidek, JSST tarkibidan chiqish qarori pandemiya davridagi vaziyatni «noto‘g‘ri boshqarish», shuningdek, tashkilotning islohotlarga qodir emasligi va unga a’zo davlatlarning siyosiy ta’siri tufayli qabul qilingan.
JSST bu ayblovlarga qo‘shilmaydi. Uning bosh direktori Tedros Gebreyesusning aytishicha, Qo‘shma Shtatlarning tashkilotdan chiqishi AQSh uchun ham, butun dunyo uchun ham yo‘qotishdir. Tashkilot poliomiyelit, OIV/OITS, onalar o‘limiga qarshi kurash bo‘yicha global sa’y-harakatlari, shuningdek, tamaki ustidan nazorat bo‘yicha xalqaro shartnomaga ishora qildi.
Pandemiyadan so‘ng JSST a’zo davlatlari birgalikda pandemiyalarning oldini olish, ularga tayyorgarlik ko‘rish va agar u boshlangan bo‘lsa, javob berish imkonini beradigan xalqaro shartnoma tuzish ustida ishladilar. U vaksinalar va dori-darmonlarni adolatli taqsimlashni ham o‘z ichiga olgan. Shartnoma 2025 yil aprel oyida AQShdan tashqari JSSTga a’zo barcha davlatlar tomonidan yakuniy kelishuvga erishildi.
Ilgari Vashington JSSTning eng yirik donorlaridan biri edi, biroq 2024 va 2025 yillarda o‘z badallarini to‘lamadi va bu allaqachon tashkilotdagi ish o‘rinlarining keng ko‘lamli qisqarishiga olib keldi. JSST huquqshunoslarining fikricha, AQSh ushbu ikki yil davomida taxminan 260 mln dollarga baholangan qarzni to‘lashi kerak, Vashington esa bunga sabab ko‘rmayotganini aytdi.
AQSh tomonidan JSSTni moliyalashtirish to‘xtatildi, amerikalik xodimlar JSSTning Shveytsariyadagi shtab-kvartirasidan va butun dunyodagi ofislaridan chaqirib olindi. Barcha hamkorlik va dasturlar - ular yuzlab edi - to‘xtatildi yoki tugatildi.
Tramp o‘zining ikkinchi prezidentlik muddati boshida JSSTdan chiqish to‘g‘risidagi farmonni imzolaganida ham, tashkilot bu qarorni qayta ko‘rib chiqishga umid qilayotganini aytdi, chunki «JSST va AQSh son-sanoqsiz odamlarning hayotini saqlab qoldi va amerikaliklar va barcha odamlarni sog‘liq uchun tahdidlardan himoya qildi».
Qarorni qayta ko‘rib chiqish, tashkilotning so‘zlariga ko‘ra, «dunyo bo‘ylab millionlab odamlarning salomatligi va farovonligi uchun» bo‘ladi.
Mavzuga oid
23:09 / 23.01.2026
AQSh eng yirik giyohvandlik imperiyalaridan birini yaratgan sobiq sportchini qo‘lga oldi
22:44 / 23.01.2026
«Bosh reja bor, "B" reja yo‘q» – AQShning Yangi G‘azo rejasi tafsilotlari
21:32 / 23.01.2026
Trampning Davosdagi nutqi: xatolar va chalkashliklar
19:58 / 23.01.2026