Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hududlar kesimida uy-joy qurilishi: Toshkent viloyati, Xorazm va Farg‘ona peshqadam
2025 yilda O‘zbekistonda jami 15,9 mln kv.m turar-joy foydalanishga topshirilgan. Bu ko‘rsatkich 2024 yilning mos davriga nisbatan 2,8 foizga oshgan. Hududlar kesimida esa Toshkent viloyati, Xorazm va Farg‘ona uy-joy qurilishi bo‘yicha eng yuqori natijalarni qayd etgan.
Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda 2025 yil davomida foydalanishga topshirilgan turar-joylar umumiy maydoni 15,9 mln kv.mni tashkil qildi. Rasmiy statistikaga ko‘ra, uy-joy qurilishi hajmi o‘tgan yilga nisbatan 2,8 foizga o‘sgan.
Yetakchi hududlar:
Toshkent viloyati — 1 997,7 ming kv.m (mamlakatda eng yuqori ko‘rsatkich);
Xorazm viloyati — 1 769,7 ming kv.m;
Farg‘ona viloyati — 1 630,8 ming kv.m.
Ushbu hududlar respublika bo‘yicha umumiy qurilish hajmining sezilarli qismini ta’minlagan.
Yuqori ko‘rsatkich qayd etilgan boshqa hududlar:
Namangan viloyati — 1 533,2 ming kv.m;
Buxoro viloyati — 1 518,6 ming kv.m;
Surxondaryo viloyati — 1 364,1 ming kv.m;
Andijon viloyati — 1 335,6 ming kv.m;
Toshkent shahri — 1 000,1 ming kv.m;
Qashqadaryo viloyati — 1 061,4 ming kv.m.
Shu bilan birga, ayrim hududlarda uy-joy foydalanishga topshirish ko‘rsatkichi nisbatan past bo‘lgan. Xususan:
Sirdaryo viloyati — 136,1 ming kv.m;
Samarqand viloyati — 436,5 ming kv.m;
Jizzax viloyati — 540 ming kv.m;
Navoiy viloyati — 716,7 ming kv.m;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 841,5 ming kv.m.
Hududlar o‘rtasidagi farqlar qurilish loyihalari ko‘lami, aholi soni, shaharsozlik dasturlari va infratuzilma rivoji kabi omillar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
18:34 / 16.07.2026
Ipotekaga olingan uyga boshqa shaxslarni ro‘yxatga qo‘yishda bankning ruxsati talab etilmaydi
17:09 / 16.07.2026
“Turon” metro bekati tomining bir qismi qulab, ikki kishi jarohatlandi
10:39 / 16.07.2026
1 oktyabrdan identifikatorsiz qurilishga ruxsat berilmaydi
13:46 / 13.07.2026