O‘zbekiston | 18:18 / 29.01.2026
2804
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada 3 yil doimiy yashagan o‘zbekistonliklarga ish ruxsatnomasi berilishi mumkin

O‘zbekiston Migratsiya agentligi Turkiyaning Mehnat va ijtimoiy ta’minot vazirligi bilan tegishli kelishuvga erishganini e’lon qildi.

Foto: Migratsiya agentligi

O‘zbekiston Migratsiya agentligi 29 yanvar kuni Turkiyaning Mehnat va ijtimoiy ta’minot vazirligi bilan muhim kelishuvlarga erishilganini e’lon qildi.

Kelishuvlar quyidagilardan iborat:

- Turkiyada noqonuniy maqomda bo‘lgan o‘zbekistonliklarni deportatsiyasiz legallashtirish amaliyotini davom ettirish;

- Turkiyada 3 yil doimiy asosda yashagan o‘zbekistonliklarga shu yil 1 martdan boshlab, ilk bor ish ruxsatnomasini berish;

- Mehnat vazirligi huzuridagi İŞKUR tashkiloti tomonidan talab yuqori bo‘lgan kasblarni markazlashtirib, Migratsiya agentligiga talabnoma taqdim qilish kabi masalalar bo‘yicha Bitim imzolash.

Xabarda kelishuvlarning boshqa tafsilotlari keltirilmagan.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid