Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh bolalar miyasiga salbiy ta’sir qiluvchi mashhur oziq-ovqat bo‘yog‘ini taqiqladi
Oziq-ovqat ishlab chiqaruvchilarga retseptlarni o‘zgartirish uchun qat’iy muddat berildi.
AQSh hukumati (FDA) oziq-ovqat xavfsizligi sohasida radikal qadam tashladi va yillar davomida bolalarning sevimli shirinliklari va kundalik kosmetika tarkibida bo‘lgan mashhur kimyoviy qo‘shimchaga qarshi keng ko‘lamli urush e’lon qildi.
Rasmiy Vashington eritrozindan (Red No.3 bo‘yog‘i) foydalanishni to‘liq taqiqlab, ishlab chiqaruvchilarga retseptlarni o‘zgartirish uchun qat’iy muddat berdi. Eritrozin sintetik qizil bo‘yoq bo‘lib, E127 nomi bilan ham tanilgan. U asosan oziq-ovqat va kosmetika sanoatida ishlatiladi, deb yozdi Rynekzdrowia.
Ushbu modda Yevropa Ittifoqida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan, biroq undan foydalanish ma’lum dozalar bilan cheklangan. Xuddi shunday vaziyat Avstraliya, Yangi Zelandiya va Xitoyda ham kuzatilmoqda. Ammo AQShda u butunlay taqiqlandi. Bularning barchasi bo‘yoqning salomatlikka salbiy ta’sirini ko‘rsatgan bir nechta tashkilotlar tufayli sodir bo‘ldi.
AQSh oziq-ovqat ishlab chiqaruvchilariga mahsulotlarni modifikatsiya qilish va ulardan zararli tarkibiy qismlarni olib tashlash uchun 2027 yil yanvarigacha vaqt berdi.
«FDA nihoyat lab bo‘yog‘ida noqonuniy, ammo bolalar uchun konfetlarda mutlaqo qonuniy bo‘lgan Red No.3 bilan bog‘liq noaniqlikni to‘xtatmoqda», deb ta’kidladi Center for Science in the Public Interest prezidenti doktor Piter Luri.
Eritrozin (E127) ko‘plab oziq-ovqat mahsulotlari va kosmetik vositalarda, ayniqsa intensiv qizil rangga ega bo‘lgan mahsulotlarda qo‘llaniladi.
Ular:
- marmelad, konfet, drajye;
- yogurt, muzqaymoq, meva pishloqlari;
- desertlar uchun rangli gazlangan ichimliklar, qiyomlar va qo‘shimchalar;
- non-bulka mahsulotlarida, masalan, pechene, krem;
- kosmetikada, masalan, lab bo‘yog‘i, yaltiroq va tirnoq uchun lak.
2010 yilda Center for Science in the Public Interest (CSPI) tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, eritrozin kanserogen, genotoksik bo‘yoq bo‘lib, ayniqsa bolalarda xulq-atvor muammolarini keltirib chiqaradi.
2014 yilda E127 moddasining salomatlikka ta’siri bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlarda eritrozin quyidagi nojo‘ya ta’sirlarni keltirib chiqarishi mumkinligi ta’kidlangan:
- yorug‘likdan qo‘rqish;
- o‘qishdagi qiyinchiliklar;
- jigar, yurak, qalqonsimon bez va oshqozonga zararli ta’siri;
- fertillik muammolari.
Mavzuga oid
22:34 / 12.06.2026
Tulsi Gabbard AQSh biolaboratoriyalari haqidagi ma’lumotlarni oshkor qildi
20:26 / 12.06.2026
Trampning shov-shuvli smartfoni Xitoy telefonining to‘liq nusxasi bo‘lib chiqdi
20:03 / 12.06.2026
Eron AQSh bilan kelishuv doirasida tiklanish uchun 300 milliard dollar talab qildi
18:05 / 12.06.2026