Namangan tumanidagi sement zavodi xodimining vafoti haqida Kun.uz e’lon qilgan materialdan keyin, Mehnat inspeksiyasi tekşiruv ötkazdi.
Kun.uz 5 yanvar kuni e’lon qilgan materialda aytilganidek, sement işlab çiqaruvçi “Toshbuloq invest group” MÇJning maxsus qorişma saqlanadigan balandligi 17 metrli maxsus “bunker”iga tuşirilgan 18 yoşli işçisi Bahrom Hoşimov tozalaş vaqtida vafot etgan. Baxtsiz voqeani tekşiriş böyiça maxsus komissiya hodisaga işçining özi aybdor ekani haqida xulosa tuzgan.
Mehnat inspeksiyasining ma’lum qilişiça, holat yuzasidan 8–16 yanvar kunlari qayta tekşiruv ötkazilgan.
“Tekşiruv natijalariga köra, baxtsiz hodisa sabablari qayta rasmiylaştirildi hamda mehnatni muhofaza qiliş böyiça tegişli qonunçilik talablarini bajarmasdan, uşbu sabablarning kelib çiqişiga yöl qöygan mansabdor şaxslarga nisbatan rasmiylaştirilgan tekşiruv materiallari huquqni muhofaza qiliş organlariga yuborildi.
Şuningdek, “Toshbuloq invest group” MÇJ tomonidan marhum Hoşimov Bahrom Bahodir öğlining oila a’zolariga (ota-onasi, akasi va ukasiga) 500 million söm miqdordagi zarar pullari tölab berildi”, – deyiladi inspeksiya axborotida.
Özbekistonda 2025 yilda işdagi baxtsiz hodisalarda 248 ta ölim kuzatildi








