Seşanba kuni, 3 fevralda Reuters va The Wall Street Journal vaziyatdan xabardor manbalarga hamda Vanguard Tech konsalting kompaniyasi ma’lumotlariga tayanib yozişiça, Eronning oltita qurollangan kateri AQŞ bayroği ostida harakatlanayotgan Stena Imperative tankeriga yaqinlaşgan. Hodisa Hörmuz böğozida, Ummondan taxminan 30 km şimolda sodir bölgani aytiladi. Qayd etilişiça, Eron katerlaridan tanker ekipajiga harakatni töxtatiş va abordajga tayyorgarlik köriş haqida buyruq berilgan. Biroq Stena Imperative tezligini oşirib, harakatni davom ettirgan — keyinçalik u AQŞ harbiy kemasi hamrohligida yurgan.

Eronning Fars axborot agentligi mamlakat amaldorlariga tayanib bildirişiça, tanker Islom Respublikasining hududiy suvlariga kirgan, ogohlantirişdan keyin esa “xavfsizlikka doir alohida hodisalarsiz” hududni tark etgan. Öz navbatida, Reuters manbalariga tayanib, uşbu kema Eron hududiy suvlariga kirmaganini ta’kidlaydi.

Hörmuz böğozi Fors körfazini Ummon körfazi, Arab dengizi va Hind okeani bilan boğlaydi. Uşbu dengiz yölagi orqali jahon neft qazib oliş hajmining taxminan beşdan bir qismi taşiladi. 2025 yil iyunida Islom inqilobi muhofizlari korpusi harbiy-dengiz kuçlari qömondonligi vakili AQŞ tomonidan hujum bölsa, Hörmuz böğozini tösib qöyiş bilan tahdid qilgan edi.

Tanker bilan boğliq hodisadan biroz ötib, AQŞning F-35C qiruvçi samolyoti Eronga tegişli uçuvçisiz apparat (dron)ni urib tuşirgan. Dron Arab dengizi tomondagi USS Abraham Lincoln aviataşuvçisiga yönalgani haqida Bloomberg va Associated Press xabar bergan.

AQŞ Markaziy qömondonligi ma’lum qilişiça, dron aviataşuvçiga “agressiv tarzda” va “noaniq niyatlar” bilan yaqinlaşgan hamda xalqaro suvlarda harakatlanayotgan amerikalik harbiylar keskinlikni pasaytiriş çoralarini körganiga qaramay, uning tomon uçişda davom etgan.

Eron prezidenti Mas’ud Pezeşkiyon Donald Tramp tomonidan yangi harbiy tahdidlar yangraganidan söng, mojaroni tinç yöl bilan hal qiliş tarafdori ekanini bildirdi, deb xabar berdi 1 fevral kuni Eron davlat agentligi IRNA. Pezeşkiyonning ta’kidlaşiça, Eron “heç qaçon uruşni istamagan” va hozir ham istamaydi.

Eron oliy rahbari Ali Xomanaiy ham şu kuni ogohlantirişiça, agar Vaşington jang harakatlarini boşlasa, “bu safar mintaqaviy uruş böladi”. “Biz boşlamaymiz va biror mamlakatga hujum qilişga intilmaymiz. Ammo Eron xalqi unga hujum qilgan yoki tahdid qilgan har kimga qat’iy zarba beradi”, — dedi 86 yoşli Xomanaiy davlat televideniyesida.

Oq uy rahbari esa Tehronga bosimni kuçaytirib, yana harbiy çoralar bilan tahdid qildi. U Eron tomon qöşimça harbiy kemalar yöl olganini aytdi. “Va, umid qilaman, biz kelişuv tuzamiz”, — dedi Tramp 30 yanvar kuni Oq uyda jurnalistlarga. Keyinroq Floridaga parvoz çoğida samolyot bortda u kutilmalarini aniqroq bayon qildi: “Umid qilaman, ular maqbul bir narsaga kelişişadi”.