Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abu-Dabida Ukraina bo‘yicha muzokaralarning birinchi kuni yakunlandi
Abu-Dabida 4 fevral, chorshanba kuni Rossiyaning Ukrainaga qarshi tajovuzkor urushiga barham berish masalasiga bag‘ishlangan Rossiya, AQSh va Ukraina o‘rtasidagi uch tomonlama muzokaralarning birinchi kuni yakunlandi. Maslahatlashuvlar 5 fevral kuni davom ettiriladi.
Ukrainalik (ismi aytilmagan) amaldor Axios nashri bilan suhbatda muhokamalarni samarali deb atagan. Muzokaralar yopiq formatda o‘tmoqda.
Rossiya delegatsiyasiga Bosh shtab Bosh boshqarmasi rahbari admiral Igor Kostyukov boshchilik qilmoqda. Ukraina delegatsiyasi rahbari — MXMK kotibi Rustem Umerov. AQSh tomonidan muzokaralarda AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff, Donald Trampning kuyovi Jared Kushner va AQSh armiyasi vaziri Deniyel Driskoll ishtirok etmoqda.
Politico nashri ukrainalik va amerikalik amaldorlarga tayanib xabar berishicha, muhokamalarning markaziy mavzusi hududiy masala hisoblanadi.
Abu-Dabida Moskva va Kiyev vakillari AQSh taklif etgan, Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushiga nuqta qo‘yish rejasi bo‘yicha ilk bor to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarni 23 va 24 yanvar kunlari o‘tkazgan.
Muzokaralarga yaqin manbalar ma’lumotlariga ko‘ra, tomonlar allaqachon bir nechta bandlar bo‘yicha kelishib olgan, ammo hududlar masalasida kelisholmagan. Muzokaralarning birinchi raundi yakunlariga ko‘ra, AQSh davlat kotibi Marko Rubio hal bo‘lmay qolayotgan yagona masala — Donbass ekanini tasdiqlagan. Rossiya Donbassdan ukrain qo‘shinlarini olib chiqishni talab qilmoqda, Kiyev esa bu talabni rad etmoqda.
Donbass Ukraina hududining bir qismi hisoblanadi, ammo uning ayrim qismlari Rossiya qo‘shinlari nazoratida. Bundan oldin Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy hududlar masalasi faqat uning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan shaxsiy uchrashuvida hal qilinishi mumkinligini aytgan.
Mavzuga oid
13:30
Yevgeniy Xmara Ukraina mudofaa vaziri lavozimiga nomzod bo‘ldi
10:42
“Faqat smartfoni yo‘qlarga taalluqli” - O‘zbekiston TIV Rossiyaning migrantlarga yangi talabi haqida
10:40
Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan vatandoshlar O‘zbekistonga olib kelindi
10:10