Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Epshteyn ishi bo‘yicha materiallarda o‘zbekistonlik «model qiz» xatlari borligi ma’lum bo‘ldi
Ism-sharifi matnda yashirilgan qiz 2012 yilda Epshteynga xat yozib, u bilan uchrashishga tayyorligini, ammo O‘zbekistonda AQSh vizasini olishda qiynalayotganini ma’lum qilgan.
Foto: MGN
«Modellar uchun» mo‘ljallangan Amerika vizasini olishga uringan o‘zbekistonlik qizning maktublari Jyeffri Epshteyn ishi materiallarida uchraydi. Bu haqda AQSh Adliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan hujjatlarni o‘rganib chiqib «RIA Novosti» xabar berdi.
2012 yil 8 martda yozgan xatida ism-sharifi matnda yashirilgan qiz O‘zbekistonda AQSh vizasini olishda qiynalayotganini ma’lum qilgan.
«Uchrashuvimizga kelsak, azizim Jyeffri, men doim shuni istayman! Ammo mamlakatim biz uchun qancha muammo tug‘dirayotganini senga aytgandim», deyiladi maktubda.
Qizning yozishicha, agar u qandaydir yo‘l bilan «modellar uchun» mo‘ljallangan Amerika vizasini (Qo‘shma Shtatlarda modalar ko‘rgazmasida ishlaydigan xorijiy modellar uchun mo‘ljallangan H-1B3 vizasi) olishga muvaffaq bo‘lsa, «oxir-oqibat Nyu-Yorkka borishdan xursand bo‘ladi».
Keyingi xatlarda qiz Malayziyaga viza olishga muvaffaq bo‘lganini ma’lum qiladi va Epshteyndan turar joyi, shuningdek, stomatolog xizmatlari va Parijga borish xarajatlarini qoplashda yordam berishni so‘raydi.
AQSh Adliya vazirligi materiallarida o‘zbekistonlik qizning 2014 yilda Nyu-York kinoakademiyasining Parijdagi bo‘limida o‘qishi va Parij – Sankt-Peterburg - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalar uchun to‘lov hujjatlari ham keltirilgan.
AQSh bosh prokurori o‘rinbosari Todd Blansh 30 yanvar kuni Epshteyn ishi bo‘yicha materiallarni e’lon qilish yakunlanganini e’lon qildi. E’lon qilingan ma’lumotlarning umumiy hajmi 3,5 million fayldan oshdi. 2019 yilda Epshteyn AQShda voyaga yetmaganlarni jinsiy ekspluatatsiya qilish maqsadida savdo qilishda ayblangan, shu yilning iyul oyida qamoqxonada vafot etgan, tergov uni o‘z joniga qasd qilgan degan xulosaga kelgan edi.
Mavzuga oid
21:33 / 05.02.2026
«Epshteyn ishi»ning 5 ta muhim oqibati: nega bu ish hali tinchimasligi haqida
19:02 / 05.02.2026
O‘zbekiston va AQSh hukumatlari muhim foydali qazilmalar to‘g‘risida anglashuv memorandumini imzoladi
18:27 / 05.02.2026
Lavrov Rossiya kompaniyalari Venesueladan siqib chiqarilayotganini aytdi
17:24 / 05.02.2026