Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Vengriya AESda quruq sovitish texnologiyasi loyihasini muhokama qildi
O‘zbekistonning Vengriyadagi elchixonasida Vengriyaning MVM EGI Zrt kompaniyasi bosh direktori Peter Karpati bilan uchrashuv tashkil etildi. Muloqot davomida O‘zbekistonda qurilayotgan atom elektr stansiyasida quruq sovitish texnologiyasini joriy etish loyihasining amalga oshirish jarayoni va keyingi qadamlar muhokama qilindi.
Uchrashuvda loyihaning joriy holati, texnik-tashkiliy masalalar hamda ishlarni muvofiqlashtirishga doir jihatlarga alohida e’tibor qaratildi. Vengriya tomoni ishlar borishi yuqori darajada ekanini ta’kidlab, loyihaning izchil va samarali tarzda ilgari surilayotganini qayd etdi.
Shuningdek, loyihani to‘liq amaliy bosqichga o‘tkazish uchun uch tomonlama bitimni imzolash jarayonini tezlashtirish maqsadga muvofiqligi bildirildi. Tomonlar mazkur hujjatning o‘z vaqtida rasmiylashtirilishi loyihani aniq reja asosida jadallashtirish, vazifalar taqsimotini belgilash hamda keyingi ishlar grafigini muvofiqlashtirishda muhim ekanini ta’kidladi.
Uchrashuv yakunida Peter Karpati MVM guruhi O‘zbekiston bozoriga kirishdan manfaatdor ekanini, mamlakatda yirik va uzoq muddatli strategik hamkor sifatida ishtirok etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqayotganini ma’lum qildi. Shu bilan birga, kompaniya O‘zbekistondagi investitsiya loyihalari bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor ekanini bildirdi.
Mavzuga oid
09:00 / 16.06.2026
Vengriya parlamenti bosh vazir lavozimida bo‘lish muddatini chekladi
09:10 / 07.06.2026
AES narxi ochiqlandi, yirik pudrat sxemasi fosh bo‘ldi - hafta dayjesti
16:12 / 05.06.2026
AESda ishlab chiqarilgan 1 kWh elektr narxi 1000 so‘mdan past bo‘ladi - Azim Ahmadxo‘jayev
10:59 / 05.06.2026