Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya bir haftada Ukrainaga 2000 ta dron va 116 ta raketa uchirdi
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ma’lum qilishicha, Rossiya bir hafta ichida Ukrainaga 116 ta turli xil raketa, 1200 ta boshqariladigan aviabomba va 2000 tadan ortiq dron qo‘llab hujum qilgan. U jahon hamjamiyatini Kiyevni havo mudofaasi va qurol-yarog‘ bilan qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.
Rossiya Ukrainaga qarshi hujumlar uchun o‘tgan hafta davomida turli xil 116 ta raketani, shuningdek 1200 ta boshqariladigan aviatsion bombani va 2000 tadan ortiq hujumkor dronni ishlatgan. Bu statistikani Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy yakshanba kuni, 8 fevralda, Telegram'da keltirdi.
“Deyarli har kuni ular (RF QK — tahr.) energetikaga, logistika infratuzilmasiga, turar joylarga zarba beradi. Va bu tinchlik yo‘lida diplomatik ish davom etayotgan paytda ham sodir bo‘lyapti”, — deya izoh berdi Ukraina rahbari keltirilgan raqamlarga.
Shu bilan birga, Volodimir Zelenskiy jahon hamjamiyatini Rossiya agressiyasiga javob qaytarishga chaqirdi. “Buni to‘xtatish — Ukrainani, bizning himoyamizni real qo‘llab-quvvatlash orqali mumkin. HHM tizimlari uchun raketalar, har kuni bu agressiyani to‘sib kelayotgan jangchilarimiz uchun qurol kerak. Diplomatiya ish berishi uchun esa Rossiyaga doimiy bosim zarur. Ular uchun bu urushning narxi shunchalik yuqori bo‘lishi kerakki, urush RF uchun qabul qilinarli bo‘lmay qolsin”, — deb yozdi u.
Ukraina Qurolli kuchlari Havo kuchlari ertalab e’lon qilgan ma’lumotga ko‘ra, 8 fevralga o‘tar kechasi Rossiya Ukrainaga 101 ta dron bilan hujum qilgan, shulardan taxminan 70 tasi Shahed turida bo‘lgan. Dronlar Rossiya hududidan — Kursk, Oryol, Bryansk, Primorsko-Axtarsk va Shatalovo yo‘nalishlaridan uchirilgan.
Ukraina havo mudofaasi vositalari mamlakatning shimol, janub va sharq hududlarida turli turdagi 69 ta Rossiya dronini urib tushirgan yoki (elektron vositalar orqali) ishdan chiqargan. “13 ta nuqtada 32 ta hujumkor dronning urilgani (nishonga tekkani) qayd etildi, shuningdek 1 ta nuqtada parchalarning tushishi kuzatildi”, — deyiladi Havo kuchlari xabarida.
Bir kun oldin, 7 fevralda, Ukraina energetika kompaniyasi DTEK mamlakatda energiya ta’minoti bo‘yicha kritik vaziyat yuzaga kelganini ma’lum qildi. Bu holat Rossiyaning muhim energetika infratuzilmasi obektlariga davom etayotgan zarbalari bilan bog‘liq. Ushbu xabarga ko‘ra, ayniqsa og‘ir vaziyat Kiyevda: u yerda sutka davomida elektr energiyasi faqat 1,5–2 soatga berilyapti.
Mavzuga oid
00:26
Qozog‘iston-Rossiya chegarasida avtomobillardan iborat ko‘p kilometrli tirbandlik yuzaga keldi
15:21 / 07.06.2026
Ukraina armiyasi Qrimga olib boruvchi trassani o‘lim yo‘liga aylantirdi
10:05 / 07.06.2026
Ukraina yana Peterburgga hujum qildi
08:40 / 06.06.2026