Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Japarov bosh prokurorning birinchi o‘rinbosarini ishdan bo‘shatdi
Avvalroq Qirg‘iziston parlamenti spikeri, Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi hamda uning o‘rinbosarlari iste’fosi e’lon qilingandi.
Boymirza Maatov (chapda) va Malik Bekturg‘anov
Qirg‘iziston Bosh prokuraturasida kadrlar almashinuvi yuz berdi. Bu haqda mamlakat prezidenti Sadir Japarov ma’muriyati matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, Boymirza Maatov bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. U mazkur lavozimda 2024 yildan buyon ishlab kelayotgan edi.
Uning o‘rniga Malik Bekturg‘anov tayinlangan. U bungacha bosh prokuror o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.
Shuningdek, Japarovning farmoni bilan Zalqarbek Aqnazarov bosh prokuror o‘rinbosari etib tayinlangan.
Avvalroq Qirg‘iziston parlamenti (Jogorku Kenesh) spikeri (to‘rog‘a) Nurlanbek Turg‘unbek o‘g‘li (Nurlanbek Shakiyev) iste’foga chiqqanini e’lon qilgandi.
10 fevral kuni Sadir Japarov mamlakat Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyevning vakolatlarini muddatidan oldin tugatish to‘g‘risidagi farmonini imzolagandi.
Shuningdek, uning o‘rinbosarlari – Daniel Risaliyev, Qurbonbek Avazov, Elizar Smanov hamda Xavfsizlik kengashi kotibi Rustam Mamasodiqov ham lavozimidan ozod etilgan.
Japarov «Xabar» axborot agentligiga bergan intervyusida mamlakat manfaatini o‘ylab ushbu qarorni qabul qilganini aytgan.
Mavzuga oid
12:31 / 03.03.2026
1 mlrd so‘mlik tabiiy qumni o‘zboshimchalik bilan qazib olish holati aniqlandi
11:13 / 02.03.2026
9 ming dollar talab qilgan prokuratura xodimi ushlandi
21:53 / 26.02.2026
Yevropa Ittifoqi Qirg‘izistondan Rossiyaga reeksport ustidan nazoratni kuchaytirishni talab qildi
09:30 / 26.02.2026