Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda olmaxon bir uyning kuyib kulga aylanishiga sababchi bo‘ldi
O‘t o‘chiruvchilarning tushuntirishicha, jonivor chordoqda elektr simlarini kemirib tashlagan. Natijada qisqa tutashuv yuz berib, yong‘in kelib chiqqan.
Foto: GoFundMe
AQShning Florida shtatidagi Panama siti shahrida yashovchi oila olmaxon sababli uysiz qoldi, deb xabar berdi WMBB.
Uy egasi Donni Bantaning aytishicha, tun yarmida u chordoqdan shovqin ovozini eshitgan, keyin esa g‘alati hidni sezgan. Erkak darhol xotini Steysi Devis va farzandlarini uyg‘otgan.
Ular darhol bolalarni hamda iti va mushugini tashqariga olib chiqishgan.
O‘t o‘chiruvchilar tez yetib kelishiga qaramasdan, uy butunlay yonib ketgan. Ma’lum bo‘lishicha, yong‘inga olmaxon sababchi bo‘lgan.
O‘t o‘chiruvchilarning tushuntirishicha, jonivor chordoqda elektr simlarini kemirib tashlagan. Natijada qisqa tutashuv yuz berib, yong‘in kelib chiqqan.
Mavzuga oid
11:45 / 03.03.2026
Mirzo Ulug‘bek tumanida ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi
10:20 / 21.02.2026
Uchtepadagi bozor yong‘ini bo‘yicha qo‘shimcha tafsilotlar ma’lum qilindi
09:20 / 21.02.2026
Izza qurilish bozori hududida yong‘in sodir bo‘ldi
12:59 / 19.02.2026