Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Unitree G1 android roboti to‘siqdan sakrab o‘tishni o‘rgandi
Tsinxua universiteti muhandislari robotlarga butun tanasidan foydalangan holda akrobatik harakatlarni bajarish imkonini beruvchi boshqaruv tizimini ishlab chiqdilar.
Xitoylik muhandislar o‘tkazgan sinovlarda Unitree G1 androidi past to‘siqdan o‘mbaloq oshib, shuningdek, tizzasiga tayanib oshib o‘tdi.
Buning uchun Tsinxua universiteti muhandislari robotlarga butun tanasidan foydalangan holda akrobatik harakatlarni bajarish imkonini beruvchi boshqaruv tizimini ishlab chiqdilar. Ular inson harakatlarini yozib olib, to‘siqlar geometriyasini lidar orqali skanerlab ma’lumotlar to‘plamini yaratdilar hamda Unitree G1 harakatiga moslashtirdilar.
Bu vizual ma’lumotlarga asoslanib real vaqt rejimida harakatni muhitga moslagan holda amalga oshiradigan neyrotarmoqni yaratishga asos bo‘ldi.
Tizim Intel RealSense kamerasi bilan jihozlangan Unitree G1 androidida sinovdan o‘tkazildi. Robot neyrotarmoq orqali o‘rgangan harakatlari asosida tizzasiga tayanib to‘siqdan oshib o‘tish, to‘siqdan o‘mbaloq oshib sakrab o‘tish, gavdasiga tayangan holda to‘siq ustidan o‘tish kabi amallarni muvaffaqiyatli bajardi. To‘siq sifatida o‘lchami 0,5 × 0,6 × 0,4 metr bo‘lgan yog‘och qutidan foydalanildi.
Sinovlar robot muhitga muvaffaqiyatli moslasha olishini ko‘rsatdi.
Mavzuga oid
07:34
Insonga o‘xshash yuz ifodasi: Xitoy robototexnikasi yangi bosqichga chiqdi
07:35 / 23.03.2026
Xitoyda robot tennis o‘ynashni o‘rgandi: u 96 foiz aniqlik bilan zarbalarni qaytarmoqda
07:34 / 21.03.2026
Reyting: 2025 yilda eng ko‘p humanoid robot yetkazib bergan kompaniyalar
21:10 / 20.03.2026