Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Vengriya AES loyihasi bo‘yicha shartnomaviy masalalarni muhokama qilmoqda
«O‘zatom» agentligida Vengriyaning MVM EGI Zrt. davlat kompaniyasi delegatsiyasi bilan o‘tkazilgan ishchi uchrashuvda O‘zbekistonda zamonaviy integratsiyalashgan atom elektr stansiyasini qurish loyihasi doirasidagi hamkorlik va shartnomalarga oid masalalar muhokama qilindi.
Foto: O‘zatom
Joriy yil 16 fevral kuni «O‘zatom» agentligida agentlik direktori boshchiligida Vengriyaning MVM EGI Zrt. davlat kompaniyasi bosh direktori Piter Karpati hamda loyiha direktori P.N.Bezrukov boshchiligidagi delegatsiya bilan ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda tomonlar O‘zbekiston hududida zamonaviy integratsiyalashgan atom elektr stansiyasini qurish loyihasi doirasidagi hamkorlikning joriy bosqichi yuzasidan atroflicha fikr almashdi.
Muzokaralar chog‘ida loyihaning barcha ishtirokchilari sa’y-harakatlarini sinxronlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Qayd etilishicha, bu ishlar asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha jarayonlarni bir maromda va samarali tashkil etishga xizmat qiladi.

Shuningdek, O‘zbekistonda uskunalar va butlovchi qismlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish istiqbollari ham muhokama qilindi. Bu yo‘nalish milliy yuqori texnologiyali sanoatni rivojlantirish va mamlakat ichida barqaror vakolatlarni yaratishga qaratilgan strategik muhim vazifa sifatida qayd etildi.
Uchrashuv O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasida atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish sohasida ishonch va o‘zaro anglashuv yuqori darajada ekanini yana bir bor tasdiqlagani ta’kidlandi. Tomonlar ochiq sheriklik tamoyillariga sodiq ekani va ilg‘or texnologiyalarni faol transfer qilishga intilishini bildirdilar.
Muzokaralar yakunida shartnomalar bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratgan holda faol muloqotni davom ettirish bo‘yicha kelishib olindi.
Mavzuga oid
15:46 / 10.03.2026
Fitso Kiyevga 90 mlrdni to‘sishda “estafetani qabul qilish” bilan tahdid soldi
12:41 / 09.03.2026
Kiyev Budapeshtdan musodara etilgan pul va oltinni qaytarishni talab qildi
18:49 / 07.03.2026
AES quriladigan hududlarga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari tasdiqlandi
14:47 / 07.03.2026