Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonliklar yanvarda eng ko‘p qaysi davlatlarga safar qildi?
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yil yanvar oyida 589 647 nafar O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda chet elga safar qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 38,2 ming nafarga (6,9 foiz) ko‘paygan.
Qayd etilishicha, yilning ilk oyida o‘zbekistonliklar eng ko‘p qo‘shni davlatlarga yo‘l olgan. Jumladan, Qirg‘iziston (232 174 nafar), Tojikiston (98 659 nafar) va Qozog‘iston (88 012 nafar) birinchi uchlikni tashkil etgan. Ushbu top-3 yo‘nalish ulushiga jami safarlarning taxminan 71 foizi to‘g‘ri keladi.
Top-10 davlat (2026 yil yanvar):
- Qirg‘iziston — 232 174;
- Tojikiston — 98 659;
- Qozog‘iston — 88 012;
- Saudiya Arabistoni — 62 655;
- Rossiya — 32 291;
- Turkiya — 17 288;
- BAA — 16 030;
- Tailand — 6 890;
- Xitoy — 6 117;
- Misr — 4 585.
Ma’lumotlarga ko‘ra, top-4 (Qirg‘iziston, Tojikiston, Qozog‘iston, Saudiya Arabistoni) bo‘yicha safarlar jami ko‘rsatkichning taxminan 82 foizini tashkil qiladi.
Mavzuga oid
09:15 / 02.04.2026
Ta’lim xizmatlari O‘zbekistonda o‘sish sur’ati bo‘yicha yetakchi bo‘ldi
09:40 / 31.03.2026
Rossiya va Qozog‘istondan O‘zbekistonga ko‘chib kelish ko‘paymoqda
20:03 / 26.03.2026
Namanganda 150 mln dollarlik turistik majmua quriladi
09:23 / 26.03.2026