Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda uchta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
19 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Gentra Toshkent markazida jiddiy YTHga uchradi. Mashina avvaliga o‘zi bilan bir yo‘nalishda ketayotgan boshqa bir avtomobil bilan to‘qnashgan, so‘ngra beton to‘siq osha qarama-qarshi yo‘nalishga uchib o‘tgan. Oqibatda svetoforni sindirgan va uchinchi bir avtomobilga borib urilgan.
Shanba kuni kechqurun Toshkent shahrining Nukus ko‘chasida qora rangli Gentra qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketdi. Mashina jiddiy shikastlangan va svetoforni sindirgan. Hodisa oqibatlari aks etgan foto va videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Toshkent shahri yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasiga ko‘ra, rul boshqaruvida 19 yoshli haydovchi bo‘lgan. Ushbu avtomobil Glinka ko‘chasi bilan kesishma yaqinida avvaliga o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanayotgan Nexia 3 bilan to‘qnashgan, so‘ngra beton to‘siq osha uchib o‘tib, chorrahada to‘xtab turgan Cobalt’ga borib urilgan.
Voqea joyiga yetib kelgan tez yordam xodimlari Gentra haydovchisiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishgan.
Ushbu yo‘l-transport harakatiga qora Gentra yuqori tezlikda harakatlangani sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Guvohlarning qayd etishicha, ko‘chaning ushbu qismida tezlikni oshirish holatlari muntazam ravishda kuzatiladi.
Mavzuga oid
11:35 / 17.06.2026
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
09:30 / 17.06.2026
Toshkentda Lacetti va BYD to‘qnashuvi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi
18:17 / 15.06.2026
“Suv ichaman deb chalg‘idim” – Navoiyda YTHga uchragan avtobus haydovchisi 10 yilga qamaldi
14:23 / 15.06.2026