Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI 90 mlrd yevroni Ukrainaga “baribir” ajratadi - fon der Lyayyen
Vengriya YeI krediti ajratilishini bloklayotganiga qaramay, Ukraina baribir 90 mlrd yevro miqdoridagi foizsiz kreditni Yevropa Ittifoqidan oladi, dedi Yevrokomissiya (YeK) raisi Ursula fon der Lyayyen. U bu haqda seshanba kuni, 24 fevralda Kiyevdagi matbuot anjumanida bayonot berdi.
“Men bu yerda to‘liq aniqlik kiritmoqchiman. Bu kredit Yevropa kengashida 27 davlat va hukumat rahbarlari tomonidan kelishilgan. Ular so‘z bergan. Bu so‘z buzilishi mumkin emas”, — dedi fon der Lyayyen va YeIda buni amalga oshirish uchun “turli variantlar” borligini, ular ishga solinishini qo‘shimcha qildi.
Ursula fon der Lyayyenning aytishicha, kreditning Ukraina uchun ustuvor vazifasi — “mudofaa sohasidagi eng dolzarb ehtiyojlar”ni qondirish. “U jasur Ukraina kuchlari uchun ilg‘or mudofaa uskunalarini sotib olish, ishlab chiqarish, yaratishga yordam beradi”, — dedi YeK raisi.
20 fevral kuni Vengriya Ukrainaga kredit ajratilishini blokladi. Bu mamlakat tashqi ishlar vaziri Peter Siyyartoning aytishicha, Budapesht “Drujba” neft quvuri orqali Vengriyaga neft tranziti tiklanmaguncha o‘z pozitsiyasini o‘zgartirmaydi. Ukraina ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina hududi orqali o‘tib, Rossiya neftini Slovakiya va Vengriyaga yetkazib beradigan mazkur quvur 27 yanvar kuni RF zarbalari oqibatida shikastlangan va shu tufayli neft yetkazish to‘xtatilgan.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 24 fevral kuni matbuot anjumanida quvur vayron bo‘lishi uchun mas’uliyat Moskva zimmasida ekanini bildirdi. U Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanni obektga zarbalarni to‘xtatish uchun RF prezidenti Vladimir Putin bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokara olib borishga chaqirdi va Ukrainaga nisbatan cheklovlarni qo‘llamaslikni so‘radi. “Quvurni Rossiya vayron qildi. Shuning uchun, agar Orban qandaydir moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni bloklamoqchi bo‘lsa, u buni Rossiyaga nisbatan qilishi mumkin. Lekin Ukrainaga nisbatan emas. Bu quvur vayron bo‘lishiga sababchi biz emasmiz”, — deya ta’kidladi Ukraina rahbari.
Vengriyaning Vilaggazdasag (VG) nashri yozishicha, ukrain tomoni avvalroq “Drujba” quvuri orqali Rossiya nefti yetkazib berish hozircha faqat Slovakiyaga tiklanishini ma’lum qilgan, ammo aniq sanalar aytilmagan.
Mavzuga oid
22:20 / 06.06.2026
NATO Ukrainaga 70 mlrd yevrolik harbiy yordam ajratish masalasini muhokama qilmoqda – OAV
08:58 / 04.06.2026
Ukrainaning YeIga a’zo bo‘lishi yo‘lida muhim qadam tashlandi
19:55 / 29.05.2026
Yevropa Ittifoqi Temu’ni 200 mln yevro jarimaga tortdi
08:47 / 28.05.2026