Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini to‘sib qo‘ydi – OAV
Eron bunday topshiriq berilganini rasman tasdiqlamagan. Tehron uzoq yillardan buyon mamlakatga nisbatan qilingan har qanday hujumga javoban Ho‘rmuz bo‘g‘ozini to‘sib qo‘yish bilan tahdid qilib keladi.
Foto: Nurphoto / Getty Images
Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining harbiy-dengiz floti radio orqali kemalarga Ho‘rmuz bo‘g‘ozini kesib o‘tish taqiqlanganini e’lon qilmoqda, deb xabar berdi Reuters Yevropa ittifoqining «Aspides» harbiy-dengiz missiyasi vakiliga tayanib.
Vakilning so‘zlariga ko‘ra, Eron bunday topshiriq berilganini rasman tasdiqlamagan. Tehron uzoq yillardan buyon mamlakatga nisbatan qilingan har qanday hujumga javoban Ho‘rmuz bo‘g‘ozini to‘sib qo‘yish bilan tahdid qilib keladi.
Ushbu bo‘g‘oz dunyo neft eksportining asosiy yo‘li hisoblanadi. U orqali Saudiya Arabistoni, Eron, Iroq va BAA nefti boshqa mamlakatlarga yetkaziladi.
Avvalroq Bloomberg bo‘g‘oz ochiq bo‘lsa-da, tankerlar ushbu bo‘g‘ozni kesib o‘tmayotganini yozgandi. Xususan, Yaponiyaning Nippon Yusen KK kemasozlik kompaniyasi o‘z kemalariga Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan o‘tmaslikka ko‘rsatma bergan, Gretsiya ham o‘z savdo flotini ogohlantirgan.
Fars agentligining yozishicha, «tankerlar harakatini monitoring qiluvchi xalqaro tizim Ho‘rmuz bo‘g‘ozi hududidagi tankerlar tezligi nolga tushganini ko‘rsatmoqda».
Jahon neftining 20 foizi va suyultirilgan gazning 30 foizi Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali o‘tadi, u sayyoraning eng muhim energetik qontomiri deb ataladi.
Neft narxi Eronga zarbalar berilishi arafasida ko‘tarila boshlagan – bir barreli 73 dollarga yetgandi. Ekspertlarning fikricha, Ho‘rmuz bo‘g‘ozi yopilgan taqdirda neft narxi 100 dollarga yetishi mumkin.
Mavzuga oid
12:48
Uchuvchi Eron tog‘larida: «Trampni qutqarish» operatsiyasi haqida
22:27 / 10.04.2026
Tramp Eron bilan muzokaralar natijasini 24 soatdan keyin e’lon qiladi
22:21 / 10.04.2026
“AQSh-Isroilga ishonmaymiz, qo‘limiz tepkida” – Eronning O‘zbekistondagi elchisi
16:05 / 10.04.2026