Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Yaqin Sharqdagi keskinlashuvdan xavotir bildirdi
Rasmiy Toshkent barcha tomonlarni keyingi keskinlashtiruvchi qadamlardan tiyilishga chaqirdi, zero vaziyatning bundan-da ko‘proq izdan chiqishi gumanitar fojialarga olib kelishi mumkin.
Foto: TIV
Yaqin Sharqdagi vaziyatning keskin ravishda taranglashuvi va keng mintaqada yangi ziddiyatli holat yuzaga kelganidan O‘zbekiston jiddiy xavotirda. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi bayonotida so‘z boradi.
Rasmiy Toshkent barcha tomonlarni vazminlikka da’vat etib, nafaqat harbiy-siyosiy, balki gumanitar jihatdan oldindan ko‘rib bo‘lmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan keyingi keskinlashtiruvchi qadamlardan tiyilishga chaqirdi.
“Vujudga kelgan inqirozni xalqaro huquq normalari asosida, siyosiy-diplomatik vositalar orqali va o‘zaro maqbul muloqot yo‘li bilan hal etish maqsadga muvofiq”, – deyiladi TIV bayonotida.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi mintaqaviy barqarorlik hamda xavfsizlikni mustahkamlashning izchil tarafdori bo‘lib, vaziyatning eng tez fursatlarda normallashuvidan umidvor.
Ma’lumot uchun, bugun – urushning ilk kunida Eronda o‘nlab odam halok bo‘ldi. Suriya, Iroq va BAAda ham qurbonlar qayd etilgan.
Mavzuga oid
23:45 / 06.05.2026
Eron yana BAAga raketa otdi: Tehron Trampni mensimayaptimi?
21:16 / 06.05.2026
AQSh va Eron mojaroni to‘xtatish bo‘yicha memorandum imzolashga yaqin - OAV
13:58 / 06.05.2026
Eron urushi: BAA va Saudiya o‘rtasidagi yashirin ziddiyatlar yuzaga chiqdi
09:52 / 06.05.2026