Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron Isroilga navbatdagi raketa zarbalarini berdi
Xabarlarga ko‘ra, Isroil janubida dronlar hujumi to‘g‘risida ogohlantiruvchi sirenalar, mamlakatning markaziy va shimoliy qismlarida esa raketa xavfidan ogohlantiruvchi signallar yangramoqda.
Isroilning «Magen David Adom» tez yordam xizmati Beyt-Shemesh shahriga Eron ballistik raketasi zarba berishi oqibatida bir necha kishi yaralanganini ma’lum qildi. Bu haqda Times of Israel xabar berdi. Xabarda aytilishicha, jarohatlanganlardan birining ahvoli og‘ir.
Isroil mudofaa armiyasi (TsAXAL) havo hujumidan mudofaa tizimlari ishga tushganini bildirdi.
The Times of Israel nashrining xabariga ko‘ra, Isroil janubida dronlar hujumi to‘g‘risida ogohlantiruvchi sirenalar, mamlakatning markaziy va shimoliy qismlarida esa raketa xavfidan ogohlantiruvchi signallar yangramoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, oxirgi 24 soat ichida Tel-Avivda raketa hujumlari oqibatida ikki nafar ayol halok bo‘lgan va 120 nafardan ortiq inson jarohatlangan.
Mavzuga oid
20:20 / 15.07.2026
Tramp Erondagi ko‘priklar va elektr stansiyalarini portlatish bilan tahdid qildi
20:25 / 14.07.2026
Turkiyada Netanyahuni hibsga olish uchun xalqaro order berildi
09:40 / 14.07.2026
Tramp Eronga qarshi yangi zarbalarni e’lon qildi
09:23 / 14.07.2026