Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil Eronni bombardimon qilishning ikkinchi bosqichini boshladi – OAV
Isroil Eronga qarshi operatsiyaning ikkinchi bosqichiga o‘tdi va asosiy e’tiborni yerosti raketa bunkerlarini yo‘q qilishga qaratmoqchi.
Isroil Eronga qarshi operatsiyaning ikkinchi bosqichini boshladi, uning qiruvchi samolyotlari yer ostida joylashgan ballistik raketalar pozitsiyalarini bombardimon qilishga e’tibor qaratadi, deb yozdi Reuters manbalarga tayanib.
5 mart kuni TSAHAL «Eron rejimi tomonidan ballistik raketalarni saqlash va samolyotlarga qarshi foydalanish uchun mo‘ljallangan raketa omborlari uchun foydalaniladigan yer osti infratuzilma obektiga» zarba berilganini e’lon qildi.
Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, birinchi bosqichda Isroil harbiy-havo kuchlari Isroil shaharlariga zarba berish uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan quruqlikdagi yuzlab raketalarni yo‘q qilgan. Rejaning ikkinchi bosqichi ballistik raketalar va uskunalar saqlanadigan bunkerlarga hujumlarni o‘z ichiga oladi. Isroilning maqsadi «Eron rejimi va uning harbiy obektlarini tizimli ravishda zaiflashtirishdan iborat», deb yozdi The Times.
The Esonomic Times nashrining yozishicha, tomonlarning Eron raketa arsenalini baholashi turlicha. Isroil harbiylari uni taxminan 2,5 mingta raketaga, boshqa tahlilchilar esa 6 mingtagacha qurolga baholamoqda.