Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Si Jinping harbiylarni korrupsiyaga botgan amaldorlarni yashirmaslikka chaqirdi
Xitoy rahbari harbiylarni korrupsiyalashgan yoki sodiq bo‘lmagan amaldorlarni yashirishdan ogohlantirdi. Bloomberg Xitoy rasmiylari parlament yig‘ilishiga kelmaganidan keyin keng ko‘lamli tozalash signallari haqida xabar berdi.
Foto: Li Gang/Xinhua/Getty Images
Xitoy raisi Si Jinping harbiylarni korrupsiyalashgan yoki sodiq bo‘lmagan amaldorlarni yashirishdan ogohlantirdi, deb xabar berdi Bloomberg.
«Armiyada partiyaga sodiq bo‘lmaganlarga o‘rin bo‘lmasligi kerak va poraxo‘r amaldorlar yashirinishi uchun joy bo‘lmasligi kerak», dedi Si Xalq ozodlik armiyasi va Xalq qurolli militsiyasi delegatlariga parlamentning yillik sessiyasida.
Bu yanvar oyida Markaziy harbiy kengash (MHK) raisi o‘rinbosari va Kommunistik partiya siyosiy byurosi a’zosi general Chjan Yusya tergovga tortilganidan beri birinchi marta yuz berdi. U Si Jinpingning asosiy ittifoqchisi edi.
The Washington Post nashrining yozishicha, Chjan bilan Si bolalikdan tanish bo‘lgan va ko‘pchilik uning tergovga tortilishini kutmagan. The Wall Street Journal ma’lumotlariga ko‘ra, general, xususan, AQSh foydasiga josuslik qilish va yadroviy sirlarni yetkazishda gumon qilinmoqda.
Si Jinping qurolli kuchlarda korrupsiyani yo‘q qilish kampaniyasini 2023 yil o‘rtalarida, uchinchi muddatga qayta saylanganidan bir necha oy o‘tib boshlagandi. Shundan beri Markaziy harbiy kengash raisining ikki o‘rinbosari va uning uch a’zosi, sobiq mudofaa vaziri, shuningdek, kamida o‘ndan ortiq yuqori martabali generallar lavozimidan chetlatildi.
Bloomberg shu hafta Butunxitoy xalq vakillari yig‘ilishining to‘rtinchi sessiyasiga 113 delegatning (jami ishtirokchilarning deyarli 4 foizi) kelmasligi hukumat doiralarida keng ko‘lamli tozalash o‘tkazilganidan darak berishi mumkinligini ma’lum qildi. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, sessiyadagi delegatlar soni butun asr davomida eng past ko‘rsatkichga aylandi. Faqat COVID-19 davri bundan mustasno bo‘lib, yig‘ilishga 161 nafar delegat kelmagan edi.
Mavzuga oid
12:37 / 07.03.2026
Farg‘ona tumani soliqchisi 20 ming dollar bilan ushlandi
18:03 / 06.03.2026
“OAVda boshqacha aylanib ketgani uchun jarayon to‘xtab qolgan” – qurilishda korrupsiya haqida gapirgan tadbirkor ustidan IIVga yozilgani haqida
17:30 / 06.03.2026
Naqd pul muomalasiga cheklovlar: bu qanchalik samarali?
08:45 / 06.03.2026