Jahon | 20:51
1586
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp Eronning «yomon xulqi» tufayli yangi nishonlarga «juda kuchli» zarbalar berilishini aytdi

Oq uy rahbari Amerika-Isroil zarbalar kampaniyasi «Eron taslim bo‘lmaguncha yoki, ehtimol, butunlay qulamaguncha», davom etishini ma’lum qildi.

Foto: Win McNamee/Getty Images

AQSh Eron mintaqalariga va Amerika va Isroil tomonidan hali hujumga uchramagan boshqa guruhlarga yangi zarbalar beradi, dedi prezident Donald Tramp 7 mart kuni.

«Bugun Eronga juda kuchli zarba beriladi! Eronning yomon xatti-harakatlari tufayli hozir shu paytgacha nishon hisoblanmagan hududlar va odamlar guruhlarini butunlay yo‘q qilish va muqarrar o‘lim [varianti] jiddiy ko‘rib chiqilmoqda», deb yozdi prezident Truth Social’da. Amerika-Isroil zarbalar kampaniyasi «ular taslim bo‘lmaguncha yoki, ehtimol, butunlay qulamaguncha», davom etadi, deb qo‘shimcha qildi Tramp.

Oq uy rahbari Eron prezidenti Mas’ud Pizishkiyon Fors ko‘rfazi davlatlaridan raketa va dronlar hujumlari uchun uzr so‘raganidan keyin shunday murojaat bilan chiqdi. O‘z navbatida Eron rahbari agar mamlakatiga hujum uyushtirilmasa, mintaqadagi qo‘shnilarga zarba bermasligini ham qo‘shimcha qilgan edi.

«Hozir bombalar tufayli changdek to‘zg‘iyotgan Eron Yaqin Sharqdagi qo‘shnilaridan kechirim so‘rab, taslim bo‘ldi va ularga boshqa o‘q uzmaslikka va’da berdi. Bu va’da faqat AQSh va Isroilning shafqatsiz hujumlari tufayli berilgan edi. Ular Yaqin Sharqni egallab, o‘ziga bo‘ysundirishga intilmoqda», dedi Tramp.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron AQSh va Isroil hujumlaridan so‘ng «Yaqin Sharqdagi janjalkash» bo‘lishdan to‘xtab, «Yaqin Sharqdagi omadsizga» aylangan.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid