Jamiyat | 20:17 / 08.03.2026
3701
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onada 90 tup tol noqonuniy kesildi

Buning oqibatida o‘simlik dunyosiga 110 million so‘mdan ortiq zarar yetkazilgan.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida ko‘p yillik tollar kesilgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabar tarqalgach, viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi ushbu xabar yuzasidan o‘rganish olib bordi.

O‘rganishlar davomida Buvayda tumani Markaziy Farg‘ona cho‘li hududida joylashgan “Qozoqovul 2018” fermer xo‘jaligi yer maydonida 90 tup ko‘p yillik tol daraxtlari noqonuniy ravishda kesilib, shikast yetkazilgani aniqlandi.

Buning oqibatida o‘simlik dunyosiga 110 million so‘mdan ortiq zarar yetkazilgan.

Boshqarma xabariga ko‘ra, ushbu holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar sud organlariga yuborish bosqichida.

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid