Farğona viloyati Buvayda tumani hokimining quriliş, tösiqlarsiz muhit yaratiş, kommunikatsiyalar, kommunal xöjalik, ekologiya va kökalamzorlaştiriş masalalari böyiça örinbosari lavozimida işlagan Sayidjon Xizirov jinoiy jazoga tortildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.
Sobiq “zamhokim”ga jazo
Sud hukmiga köra, Sayidjon Xizirov tumandagi Nayman zovurining 800 metr qismini yopiq zovurga aylantiriş maqsadida taşabbuskor MÇJga texnik xulosa beriş uçun 2025 yil 17 sentabrda Sirdaryo-Söx irrigatsiya tizimlari havza boşqarmasi huzuridagi Meliorativ ekspeditsiyasi boşliğiga tavsiya xati kiritgan.
Meliorativ ekspeditsiyasi zovur yonbağridagi daraxtlarni kesiş yoki boşqa joyga köçirişga mahalliy ekologiya boşqarmasidan ruxsatnoma va texnik şart olişni tavsiya etgan. Ammo MÇJ tegişli ruxsatnoma olmasdan zovur atrofidagi daraxtlarni kesa boşlagan. Hudud aholisi bunga qarşilik qilgan.
Sayidjon Xizirov aholi daraxtlar kesilişiga qarşilik qilayotganidan xabar topib, voqea joyiga borgan. U MÇJ işçisining qölidagi motorli arrani olib qöymoqçi bölayotgan ekologiya inspektori Ahrorjon Niyozovning yoqasidan tortib, xizmat vazifalarini bajarişdan voz keçişga majbur qilgan. Oqibatda ekologiya inspektoriga yengil jarohat yetkazgan.
Jinoyat işi doirasida MÇJ rahbari ham sudlangan. Hokim örinbosari va MÇJ rahbari zovur çetidagi 104 tup tolni kestirib yuborib, ösimlik dunyosiga 171 mln söm zarar yetkazganlikda ayblangan.
JIB Yozyovon tuman sudining 2026 yil 5 maydagi hukmi bilan Sayidjon Xizirov Jinoyat kodeksining 206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan çetga çiqiş) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilişda aybli deb topilgan. Unga 1 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda işlaş huquqidan mahrum qilgan holda BHMning 150 baravari miqdorida (61 mln 800 ming söm) jarima jazosi tayinlangan.
MÇJ rahbari esa Jinoyat kodekining 198-moddasi (ekinzorlarni, örmonlarni, daraxtlarni yoki boşqa ösimliklarni şikastlantiriş yoxud nobud qiliş) 2-qismi bilan aybli deb topilib, BHMning 100 baravari miqdorida (41 mln 200 ming söm) jarimaga tortilgan.
Jabrlanuvçi apellyatsiya şikoyati kiritib, sudlanuvçilarga oğirroq jazo tayinlaşni söragan. Biroq apellyatsiya sudi dastlabki sud hukmini özgarişsiz qoldirgan.










