Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya o‘zini Yaqin Sharqdagi mojaroga tortishlariga yo‘l qo‘ymaydi - Fidan
13 mart kuni Turkiya mudofaa vazirligi NATO havo hujumidan mudofaa kuchlari Erondan uchirilgan ballistik raketani urib tushirgani haqida ma’lum qilgandi. Bu nizo boshlanganidan beri sodir bo‘lgan uchinchi holatdir.
Foto: Turkiya TIV
Turkiya Yaqin Sharqdagi to‘qnashuvlar fonida provokatsiyalarga qat’iyan qarshi turadi, dedi mamlakat tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan.
"Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning qat’iy pozitsiyasi tufayli barcha provokatsiyalarga qarshilik ko‘rsatamiz va o‘zimizni bu nizoga tortishlariga yo‘l qo‘ymaymiz", — dedi u Anqarada Bangladesh tashqi ishlar vaziri bilan birgalikda o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya raketalar bilan bog‘liq voqealarni harbiy va diplomatik darajada muhokama qilmoqda.
"Tashvish va ogohlantirishlarimizni eronlik hamkasblarimizga yetkazamiz", — deya qo‘shimcha qildi u.
13 mart kuni Turkiya mudofaa vazirligi NATO havo hujumidan mudofaa kuchlari Erondan uchirilgan ballistik raketani urib tushirgani haqida ma’lum qilgandi. Bu nizo boshlanganidan beri sodir bo‘lgan uchinchi holatdir.
Avvalroq Eronning Anqaradagi elchisi Muhammad Hasan Habibullohzod Eron Turkiya osmonida urib tushirilgan raketalar uchinchi shaxslar tomonidan yo‘llanganini taxmin qilayotganini aytgandi.
Mavzuga oid
09:20
Axios: Kuba Rossiya va Erondan jangovar dronlar sotib olgan
20:41 / 17.05.2026
AQSh muzokaralarni qaytadan boshlash uchun Eronga beshta shart qo‘ydi - OAV
20:00 / 17.05.2026
Hujum qilmaslik pakti: Saudiya yangi tartibni taklif qilmoqda
10:10 / 16.05.2026