Bahor quyoşining asosiy salbiy xususiyati uning darhol emas, keçikib ta’sir qilişidadir. Köpçilik oftob zararini faqat kuyiş bilan boğlaydi. Ammo asli zarar tananing içki qatlamlarida boşlanadi: teri hujayralarining DNK’si şikastlanadi, kollagen parçalanadi, pigmentatsiya tizimi izdan çiqadi. Bu jarayonlar bir neça hafta yoki oy ötibgina seziladi, ya’ni yuzda paydo böladigan doğlar, sariq rang, terining tez qarişi şular jumlasidan. Uzoq muddatli ta’sir esa yanada jiddiy oqibatlar, xususan, teri saratoni xavfining oşişiga olib kelişi mumkin.
Quyoş nurlari va ularning ta’siri
Quyoş nurlari uç turga bölinadi:
- UVA – terining çuqur qatlamlariga kirib, qariş jarayonini tezlaştiradi;
- UVB – teri yuzasini zararlab, kuyişga olib keladi;
- UVC – atmosfera tomonidan tösiladi.
Bahorda UVA nurlari faol böladi. Bu nurlar:
- oynadan ham ötadi;
- bulutli havoda ta’sirini yöqotmaydi;
- sezilmas darajada, lekin doimiy zarar keltiradi.
Eng e’tiborli tomoni, bu davrda teri hali “qiş rejimi”dan çiqmagan holatda saqlanadi. Melanin işlab çiqariş sekin, himoya mexanizmlari past rejimda turadi. Şu tariqa, atigi 20–30 daqiqa quyoşda yuriş ham sezilmaydigan, ammo yiğiluvçi zarar keltiradi.
Markaziy Osiyo iqlimi bu xavfni yanada kuçaytiradi. Quruq havo ultrabinafşa nurlarni kamroq uşlab qoladi, bulutlar oz böladi, şamol esa salqinlik hissini berib, odamni çalğitadi. Masalan, Toşkent şaroitida mart–aprel oylaridayoq quyoş nurlari sezilarli darajada kuçayadi. Ammo aynan şu davrda aksar insonlar SPF işlatişni boşlamaydi, boş kiyim kiymaydi va quyoşdan himoyalanişni yozga qoldiradi.
Eng köp xatolar: odamlar nimani notöğri qiladi?
Kundalik hayotda uçraydigan notöğri xatti-harakatlar ham vaziyatni oğirlaştiradi. Masalan, “hali quyoş kuçli emas” degan fikr, SPF’ni faqat yozda işlatiş, faqat yuzni himoyalaş yoki kremni bir marta surtib kun böyi yuriş – bularning barçasi notöğri yondaşuvdir. Yana bir keng tarqalgan stereotip esa teri qorayişini soğlomlik belgisi sifatida qabul qiliş. Aslida esa qorayiş terining şikastlanişga javob reaksiyasi, ya’ni himoya signali hisoblanadi.

















