Qariş – tabiiy jarayon. Ammo ba’zida inson organizmi yoşiga nisbatan tezroq qarib, teri, muşak, içki a’zolar va asab tizimida özgarişlar yuz beradi. Ajin tuşişi, soçlar oqarişi, tez çarçaş, immunitet pasayişi, kasalliklarga çaliniş va metabolizm sekinlaşişi kabi belgilar kuzatiladi. Xöş, aynan qaysi omillar organizm faoliyatini izdan çiqarib, tanani erta qaritadi? Soğlom qariş uçun nimalarga köproq e’tibor beriş kerak? Uşbu maqolada jarayonga sabab böluvçi asosiy omillar va tanani uzoq yillar davomida soğlom, yoş saqlaş böyiça amaliy tavsiyalar taqdim etiladi.
Qarişni tezlaştiruvçi odatlar
Notöğri ovqatlaniş. Me’yordan ortiq şakar, oq non, trans yoğlar va qayta işlangan mahsulotlarni iste’mol qiliş organizmda erkin radikallar (organizmdagi hujayralarda hosil böladigan reaktiv, ya’ni kimyoviy jihatdan faol molekulalar)ni köpaytiradi. Erkin radikallar hujayra membranalari va DNK’ni zararlaydi, natijada teri elastikligini yöqotadi, ajinlar erta paydo böladi va metabolizm sekinlaşadi. Şu bilan birga, ortiqça şakar qondagi glyukoza darajasini oşiradi, bu esa glyatsiyalaş jarayonini tezlaştirib, kollagen tolalarini qotirib qöyadi hamda terini quritib yuboradi.
Çekiş va alkogol. Tamaki va spirtli içimliklar organizmga köplab salbiy ta’sirlarni körsatadi. Nikotin qon tomirlarini toraytiradi va qon aylanişini sekinlaştiradi, oqibatda teriga yetkazilişi zarur bölgan kislorod va ozuqa moddalarining miqdori kamayadi. Bu teri elastikligini pasaytiradi, ajinlar erta paydo bölişiga sabab böladi. Spirtli içimliklar esa jigarni zararlaydi, metabolizmni buzadi va toksinlar çiqariş jarayonini sekinlaştiradi. Buning ta’sirida teri erta quruqlaşadi, yuz rangi sarğayadi va qariş belgilari kuçayadi.
Uyqu yetişmovçiligi. Sifatli uyqu organizmni tiklaniş jarayoni bilan ta’minlaydi. Uyqu yetişmasa, melatonin gormoni yetarli darajada ajralmaydi, bu esa hujayralarning yangilanişini sekinlaştiradi. Natijada teri elastikligini yöqotadi, ajinlar paydo böladi va immun tizimi zaiflaşadi. Doimiy uyqusizlik stress gormonlari miqdorini oşiradi va metabolizm sekinlaşadi, bu esa qariş jarayonini tezlaştiradi.
Kundalik stress. Doimiy tuşkun kayfiyat organizmni zaiflaştiradi. Kortizol gormoni ortiqça ajralganda immunitet tizimi pasayadi, yalliğlaniş jarayonlari kuçayadi, teri hamda içki organlar tezroq qariy boşlaydi. Stress ta’sirida odamlar köpinça notöğri ovqatlanadi, kam uxlaydi va zararli odatlarga amal qila boşlaydi, bu esa qarişni yanada faollaştiradi.

















