Biroq internetda va ijtimoiy tarmoqlarda “lazer epilyatsiyasi teri saratoniga olib kelişi mumkin” degan miş-mişlar tarqalmoqda. Unda qaysi darajada haqiqat bor? Bu haqda AQŞ Milliy tibbiyot instituti ma’lumotlariga asoslanib tahlil qilamiz.
Lazer muolajalari — qançalik xavfsiz?
Köpçilik kosmetologiya markazlarida qöllanadigan lazer va IPL (köçli impulsli yoruğlik) texnologiyalari bugungi kungaça xavfsiz hisoblanadi. Biroq muolaja töğri bajarilmasa, ayrim salbiy ta’sirlar kuzatilişi mumkin:
- terida qizariş, teri köçişi;
- vaqtinçalik pigmentatsiya özgarişlari (oçarişi yoki töqlaşişi);
- noörin va kuçli ta’sir natijasida — pöst va çandiq qolişi.
Bu asoratlar asosan mutaxassis bölmagan, litsenziyasiz markazlarda yoki teriga moslaştirilmagan uskunalarda bajarilgan holatlarda yuz beradi.
Saraton xavfi: haqiqat yoki miş-miş?
Lazer va IPL tizimlari ionlaştiruvçi bölmagan nurlanişdan foydalanadi. Bu nurlaniş turi DNK zanjirlarini şikastlamaydi, demakki, saraton xurujiga olib kelmaydi.
Teri saratonlarini keltirib çiqaruvçi asosiy omillar quyidagilardir:
- ultrabinafşa (UF) nurlanişning yuqori dozada va uzoq vaqtda ta’siri (kuyoş nurlari yoki solyariy);
- irsiy omillar;
- immunitet muvozanatining buzilişi;
- zararli moddalar bilan töğridan töğri aloqada böliş.
Ayniqsa, xavfli teri saraton turi organizmdagi melanin işlab çiqaruvçi hujayralar (melanotsitlar) muvozanatidan çiqqanida rivojlanadi. U köpinça teridagi xollar orqali namoyon böladi.
Xulosa: lazer epilyatsiyasi bilan onkologiya örtasida töğridan töğri boğliqlik yöq
Hozirça lazer epilyatsiyasi teri saraton kasalligiga olib kelganini tasdiqlovçi heç qanday ilmiy dalil mavjud emas. Uşbu muolaja tibbiy standartlarga amal qilingan holda, litsenziyaga ega kosmetologiya markazlarida bajarilsa, xavfsiz hisoblanadi.
Biroq har qanday kosmetik muolaja oldidan teri şifokori yoki kosmetolog bilan maslahatlaşiş, teri turi va individual xususiyatlardan kelib çiqib qaror qabul qiliş tavsiya etiladi.
Eslatma: Agar terida şubhali özgarişlar (jarohatlar, közga yaqqol köringan ösimtalar, özgaruvçan xollar va hokazo) kuzatilsa, zudlik bilan dermatologga murojaat qiliş kerak.












