Jahon | 20:02 / 17.03.2026
6050
2 daqiqa o‘qiladi

Eronning yangi oliy rahbari AQSh bilan muzokaralar taklifini rad etdi

Mujtaba Xominaiy AQSh va Isroil tiz cho‘kmaguncha, mag‘lubiyatni tan olmaguncha va tovon to‘lashga rozi bo‘lmaguncha, tinchlik uchun qulay vaqt bo‘lmasligini aytgani ta’kidlanmoqda.

Foto: The New York Times

Eronning yangi oliy rahbari Mujtaba Xominaiy ikki vositachi orqali yuborilgan AQSh bilan tinchlik muzokaralari bo‘yicha taklifni qabul qilishdan bosh tortdi. Bu haqda anonimlik sharti bilan Eron rahbariyatining yuqori martabali vakili ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat oliy rahbariyati yig‘ilishida Mujtaba Xominaiy «AQSh va Isroil tiz cho‘kmaguncha, mag‘lubiyatni tan olmaguncha va tovon to‘lashga rozi bo‘lmaguncha, tinchlik uchun qulay vaqt bo‘lmasligini» aytgan.

Yig‘ilishda Eronning yangi oliy rahbari shaxsan ishtirok etganiga aniqlik kiritilmagan. Avvalroq, manbalar 28 fevral kuni AQSh va Isroil tomonidan Eronga berilgan zarbalar oqibatida yaralangan Mujtaba Moskvada davolanayotganini ma’lum qilgandi. Rossiya hukumati bu ma’lumotga izoh berishdan bosh tortdi.

Axios va Drop Site News nashrlari Eron va AQSh bevosita aloqalarni tiklagani haqida xabar berdi. Axios versiyasiga ko‘ra, Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoffga urushni to‘xtatish haqida xabar yuborgan. O‘z navbatida, Drop Site News nashri Eron manbalariga tayanib, Uitkoff aloqa o‘rnatishga uringanini ta’kidladi. Aroqchi ijtimoiy tarmoqda Uitkoff bilan aloqada emasligini yozdi.

16 mart kuni prezident Donald Tramp Eron AQSh bilan aloqaga chiqqanini, biroq bunda ishtirok etayotgan eronlik amaldorlar kelishuv tuzish vakolatiga ega yoki ega emasligi aniq bo‘lmaganini aytdi. Shu bilan birga, Tramp Eron bilan muzokaralarga umuman qarshi emasligini aytdi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid