Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand viloyatiga 11 trillion so‘m yo‘naltirilmoqda
Samarqand ishsizlik, kambag‘allik, investitsiya, eksport masalalari, umuman, barcha sohada namunaviy viloyat bo‘lishi shartligi qayd etildi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Samarqand viloyatida mahallalar infratuzilmasini yaxshilash uchun 100 million dollar, Urgut tumanining o‘ziga yana 50 million dollar ajratildi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Narpay tumanida Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
“Biz Vatanimiz kuch-qudratini oshirish, har bir oila va har bir insonning hayotini yaxshilash bo‘yicha yanada katta marralarni olganmiz. Bugun hududlarda amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘rib, bunga yana bir bor ishonch hosil qildim.
Ayni paytda shuni yaxshi anglashimiz kerak, endi kechagi harakat bugunga, bugungisi esa ertangi kun talabiga kamlik qiladi. Shu bois, belgilab olgan marralarga erishish uchun yanada samarali harakat qilishimiz zarur”, – dedi davlat rahbari.
Samarqand ishsizlik, kambag‘allik, investitsiya, eksport masalalari, umuman, barcha sohada namunaviy viloyat bo‘lishi shartligi qayd etildi.
Viloyatda mahallalar infratuzilmasini yaxshilash uchun 100 million dollar, Urgut tumanining o‘ziga yana 50 million dollar ajratildi. Umuman, viloyatga barcha manbalar hisobidan 11 trillion so‘m yo‘naltirilmoqda. Tadbirkorlarga kredit uchun yana 18 trillion so‘m resurs berilmoqda.
Hajmi jihatidan bu miqdordagi mablag‘ har qachongidan ko‘ra ko‘proq ekanligi ko‘rsatib o‘tildi.
Bularning barchasi tumanlarda ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, pirovardida viloyat iqtisodiyotini o‘stirishga xizmat qilishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.