Islomiy moliyaning mohiyati nimada? Boşqa moliya turlaridan uni nima ajratib turadi? Nega hatto Ğarb mamlakatlari uni özida joriy qilyapti? Banklar qoşida taşkil qilinadigan şariat kengaşlari uçun Özbekistonda kadrlar yetarlimi? Mazkur savollarga Kun.uz'ning “Islom moliyasi darslari” ruknining navbatdagi sonida Siroj Solih jome masjidi imom-xatibi Hasan Qodirov javob beradi.
Islomiy moliyaning asl negizida, mohiyatida nima yotadi? Uni boşqa institutlardan nima farqi bor?
Bismillahir rohmanir rohim. Islom moliyasi Qur’oni karim va Rasululloh sallollohu alayhi vasallamni sunnatlariga asoslangan tamoyillarga tayanadi. Qur’oni karim va Rasululloh sallollohu alayhi vasallamni sunnatlaridagi moliyaviy masalalarda nimalar nazarda tutilgan? Ba’zilariga töxtalib ötamiz. Islom moliyasida mol-mulk, butun koinot Allohniki. Bandalar bu mol-mulklarni qanday işlatiş huquqiga ega degan bir tamoyil bor. Mana şu tamoyilni insonlar bir-birlari bilan moliyaviy muomalalar qilgan paytlarida e’tiborga olişadi: “mulk mening qölimda omonat ekan” degan tuşunçaga, ğoyaga ega böladi. Şuning natijasida boşqa odamlarga xiyonat qilmaydi.
Demak birinçi asos – mulk Allohniki, şundaymi?
Şunday. Bandaga mulk tasarruf qilişi uçun omonat qilib topşirilgan degan bir tamoyil bor bu yerda. Ikkinçi tamoyil şuki, şariat taqiqlagan işlar Islom moliyasida bölmasligi kerak. Faqat özini öylamaydi öşanda inson, jamiyatni öylaydi, yurtini öylaydi, xalqni öylaydi, farzandlarini öylaydi, kelajakni öylaydi. Demak, mol-dunyoni töğri tasarruf qilişda inson yaşab turgan jamiyatning rivojlanişi va katta-katta taraqqiyotlar bor.
Yana bu asoslardan bittasi şuki, köpinça biz qiladigan tijoratlarda yoki boşqa moliyaviy bitimlarimizda qimor uslublari aralaşib qoladi. Qimor uslubi deganda nimani tuşunişimiz kerak? Ya’ni tavakkalçilikka qurilgan böladi. Şariat bundan ham qaytaradi. Çunki bunda bunda bir tomonning kuyib qolişi bor. Şariat tamoyillaridan bittasi şuki, biz tijorat qilgan paytimizda aldov bölmasligi kerak. Payğambarimiz janobi Rasululloh sallollohu alayhi vasallam bir kuni Madinayi Munavvara bozorida aylanib yurganlarida, don mahsulotini sotib turgan bir kişini kördilar va muborak qöllarini haligi mahsulotning tagiga tiqib, şundoq qöllariga bir hovuç donni olib çiqsalar, haligi nam ekan. Namlik bor ekan. Payğambar alayhissalotu vassalom aytdilarki, “man ğaşşa falaysa minna – kim firibgarlik qilsa, aldasa, bizdan emas” dedilar. Şunga öxşagan judayam köp tamoyillar bor, ana şu tamoyillar asosida Islom moliyasi şakllantirilgan.
Islomiy moliyaning konsepsiya bölib şakllanişi qanday keçgan?
Islom moliyasi 1967 yilda birinçi Misrda şakllanadi. 1969 yilda Malayziyada, 1975 yilda Birlaşgan Arab Amirligida şakllanadi. Hozir bir qança taşkilotlar bor. Bularning nomini zikr qilamiz desak, vaqtimiz yetmaydi.
Tarixda bölgan voqeaga qisqaça töxtalib ötişimiz joiz deb bilaman. 1973 yilda qirol Faysal AQŞ va Yevropa mamlakatlariga neft sotişni taqiqlagandan keyin, bir kunning içida neftning narxi uç barobar oşib ketadi. Arab davlatlari endi ular bilan oldi-berdi qiliş borasida özlarining diniy e’tiqodlariga köra savdo bitimlarini, ijara bitimlarini tuzişga qaror qabul qiladi. Avval AQŞdagi dengiz portlarini sotib olib, ijaraga berişni yölga qöyadi.
AQŞning butun şarqiy sohilidagi barça dengiz portlarini sotib olganlaridan keyin, AQŞ senati dengiz portlarini milliylaştiradi, ya’niki majburiy AQŞga qaytib sotdiradi. Şundan keyin, 1975 yilda birinçi Islomiy bank – Dubay Islomiy banki oçiladi. Keyinçalik Angliya, Bahrayn, Quvayt, Abu-Dabi, Malayziya, Tailand, Avstraliya, Singapurda islomiy moliya sohasiga yöl oçiladi.
Islom moliyasi Qur’on va Rasululloh sallollohu alayhi vasallamni sunnatlaridagi tamoyillarga asoslanganligi sababidan bu bitimlarda, Islom moliyasida adolat bor, baraka bor, yaxşilik bor. Şuning uçun bugungi kunda musulmon bölmagan xalqlar ham Islom moliyasidan töliq foydalanyapti. Nima uçun? Ular buni örganib çiqdi, örganib çiqişlik natijasida Islom moliyasi naqadar adolatli asoslar ustiga qurilganligini anglab yetdi. Şuning uçun ular bugun Islom banklari bilan işlayapti va Islom moliyasini töliq yölga qöyişgan.
Mana mamlakatimizda islomiy moliyasi instrumentlari joriy bölib boşlayapti. Qonun-qoidalar qabul qilinyapti. Mana şu konsepsiyani işlab çiqilişida özimizda yetişib çiqqan ulamolarning roli qanday?
Tarixga nazar soladigan bölsak, aslida Islom moliyasining asoslari, uning usullari bizning ajdodlarimiz tomonidan işlab çiqilgan. Islom fiqhi böyiça eng mötabar asar Burhoniddin Marğiloniyning “Hidoya” asari. Islom fiqhi böyiça yozilgan eng mötabar asar bu. Butun dunyoda öqitiladi. Hattoki hanafiy bölmagan boşqa mazhablar ham Burhoniddin Marğiloniyning “Hidoya”sini, kerak bölsa, yodlab, şundan töliq foydalanadi. “Hidoya” asarida Islom moliyasi bobi ham juda zör oçib berilgan. Misol uçun savdo kitobi, ijara kitobi, şerikçilik kitobi, muzoraba kitobi va hokazo hamma kitoblar gözal bayon qilingan. Gözal bayon qilinişi bilan birgalikda uning asl ildizlari, usullari va qoidalari ham kitobda zikr qilib ötilgan. Asosiy qoidalar ustiga qurilgan bu.
Endi hozirgi kunda yana bir savol tuğilişi tabiiy: Islom moliyasi kirib keldi, şariat kengaşlari tuzilmoqda, ulamolarimiz talabga javob beradimi, yöqmi, degan savol tuğilişi ham tabiiy. Inşaallohu taolo, şariat kengaşlarini özimizni ulamolarimiz töliq ta’minlab beradi. Çunki Islom moliyasidan biz butunlay uzilib qolganimiz yöq. Agarçandiki Islom moliyasi bizlarda amaliyot sifatida qöllanmagan bölsa-da, ammo nazariy bilimlar yetarli. Misol uçun, hozir men sizga zikr qilib ötgan “Hidoya” asari bizni ma’hadlarimizda, Islom oliygohlarimizda öqitiladi. Yoki madrasalarimizda, fiqh bobida Islom moliyasi töliq örgatiladi. Şu bilan birgalikda, ustozimiz şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh hazratlari tiriklik paytlarida Islom moliyasi bobida bir qança kitoblarni öqitganlar. Jumladan, bizning özimizga “Fiqhul Muamalatul Maliya” – “Moliyaviy muomalalar haqidagi fiqh” degan kitobni örgatib, ta’lim berganlar.
Islom moliyasi adolat ustiga qurilgan. Bunda baraka bor, bunda yaxşilik bor, bunda xayr bor. Men men bitta misol keltiraman. Misol uçun, muzoraba şartnomasi. Bunda bir kişi mol-mulk bilan ta’minlaydi, ya’ni investorlik qiladi, ikkinçi kişi iş qiladi, ya’niki tadbirkorlik qiladi. Mana şu paytda nima böladi, desa, investor pulni beradi iş qiluvçiga, ya’ni tadbirkorga. Pulni olgandan keyin bu kişi işga kirişadi, işni boşlaydi. Deylikki, bir yil töldi, bir yillik şartnoma tuzildi. Bir yildan keyin hisob-kitob böladi. Hisob-kitob bölib, investor pulining hammasi çiqariladi, undan qolgani endi foyda böladi. Mana şu foydani kelişilgan tarzda investor bilan tadbirkor bölib oladi. Agar 50 ga 50 deb kelişilgan bölsa, 50 ga 50 bölib oladi. Agar 70 ga 30 bölsa, 70 ga 30. Bu kelişuvga boğliq. Agar foyda bölmasa, foydaga kirilmagan bölsa, nima qiladi, desa, heç bir tomon foyda olmaydi. Agar zararga kirgan bölsa-çi, desa, investor puliga kuyadi, tadbirkor bir yillik qilgan mehnatiga kuyadi. Mana adolat.
Islom moliyasining boşqa bitimlari ham xuddi şunga öxşaş adolat ustiga qurilganligi uçun bugun nomusulmon bölgan xalqlar ham bundan töliq foydalanyapti.
Şariat kengaşlari deyilyapti, ularning işlaş mexanizmi qanday böladi?
Şariat kengaşlari ikki xil böladi. Bittasi Markaziy bank qoşida böladi. Qolganlari har bir bankning qoşida böladi. Markaziy Islom moliya kengaşi (u “şariat kengaşi” ham deyiladi) umumiy tartib qoidalarni standart şaklida tuzib beradi.
Hamma uçun.
Ha, hamma uçun. Qolgan hamma banklar şu standart bilan işlaşi kerak böladi. Şariat kengaşi juda yuqori taşkilot hisoblanadi. Deyarli bank bilan tenglaşadi. Şariat kengaşining qiladigan işi nimadan iborat desa, bankning mahsuloti va uning amaliyoti şariatga muvofiq boryaptimi yoki yöqmi, şariat doirasida turibdimi yoki şariat doirasidan çiqib ketyaptimi, ana şuni nazoratga oladi. Şartnomalar, bitimlarni hali amalga oşişidan oldin köradi, öz xulosasini bergandan keyin ular amalga oşiriladi.
Ekspertiza qiladi.
Ha, ekspertiza qiladi. Şariat mezoniga solib köradi. Endi, bir yil ötdi. Bir yildan keyin, bir yil içida bölgan şartnomalarning hammasini yana qaytadan körib çiqadi. Ya’ni şariat doirasiga tuşdimi, yöqmi, muvofiq keldimi, kelmadimi? Buni ham qaytadan yana bir tekşiruvdan ötkazadi. Şariat kengaşining mustaqilligi bor. Ya’niki u bankning tijoriy manfaatlaridan kelib çiqib xulosa bermaydi, balki şariatga muvofiq yoki nomuvofiq ekanligini e’tiborga olgan holatda imzo çekadi, ruxsat beradi yoki ruxsat bermaydi. Demak, bu borada şariat kengaşining e’tibori judayam katta. Judayam katta omonat ham ularni zimmasiga yuklatilgan böladi.
Ya’ni Islomiy moliya doirasida qilinayotgan har bir harakatning ustida nazoratçi bor.
Ha, nazoratçi bor. Şu bilan birgalikda, yana bitta narsani e’tiborga olib qöyişimiz kerak. Boşqa mamlakatlarda amalda qöllaniladigan Islom moliyasining asoslaridan qaysi birinidir olişimiz mumkin, olamiz, lekin şu bilan birgalikda özimizning yurtimizdagi kengaş a’zolari, ya’ni şariat kengaşi a’zolari bizning yaşab turgan şaroitimizdan va bizning hanafiy mazhabda ekanligimizdan kelib çiqqan holda, ba’zi bir boşqa mamlakatlarda joriy bölib turgan moddalarni özgartiriş huquqiga ham ega. Mana şu ham şariat kengaşining mustaqilligiga kiradi.
Islomiy moliya unga amal qiladigan şaxsning ruhiyatiga qanday ta’sir qiladi?
Islom moliyasi pulni axloqiy qadriyatlar va şariat maqsadlari bilan birga boğlab amaliyotga kirgizadi va şu bilan birgalikda inson qiladigan mana şu moliyaviy muomalasini ibodat darajasiga kötarişligi bilan insonning ruhiyatiga juda ham kuçli ta’sir qiladi. Demak, Islom moliyasida insoniy axloqiy qadriyatlar e’tiborga olinadi. Eng asosiysi, şariatning maqsadlariga köra Islom moliyasi amalga oşiriladi.
Şariatning maqsadi nima desa, şariatning maqsadi insonlarga foydani jalb qiliş va zararni daf qiliş ustiga quriladi. Bundan taşqari yana qança-qança tamoyillar bor. Islom moliyasida inson muomalaviy masalalarni amalga oşirganda, tijorat qiladi, yoki ijara şartnomasini tuzadi, yoinki boşqa-boşqa şartnomalarni tuzadi. Bundoq qaraganingda bu işlar dunyoviy bir işga öxşaydi-yu, ammo mana şu işlar ibodat darajasiga va maqomiga kötariladi.
Misol uçun, bir kişi tijorat qilyapti, yoki ijara şartnomasini tuzyapti. Mana şunda niyatini töğri qilib, “mana, qiladigan işim şariatga muvofiq” deb niyatini gözallaştirib, “mana, qilgan tijoratimdan musulmonlarga, hammaga foyda bölsin, menga ham foyda bölsin, men bilan şartnoma tuzadigan insonga ham foyda bölsin” degan maqsadda, ibodatni, savobni umid qiladigan bölsa, Allohu taolo bunga ajr-savob ato qiladi. Nima uçun? Çunki bu şariat asosiga köra bölyapti. Bu birinçidan. Ikkinçidan, endi niyatini töğrilab olsa böldi, bu savobli amalga aylanib böladi.
Çunki ulamolarimiz aytadilarki, inson bir qilgan amalida savobga muyassar bölişi uçun ikkita şart bor. Birinçi şart, şu qiladigan amali şariat mezoniga töğri kelişi kerak. Ikkinçisi, niyati gözal bölişi kerak, ya’niki savob umidida qiliş kerak. Şunda inson qilgan amalidan ajrga, savobga muyassar böladi. Bunda Islom moliyasiga kirişadigan döstlarimiz köngillarini xotirjam böladi, şunda ularning qalbida bir kötarinki ruh böladi, ruhiyati kötariladi. Çunki qiladigan işi – töğri iş. Odamlarga ham zarar qilmaydi, öziga ham zarar qilmaydi. Ana şu narsaning özi insonning ruhiyatiga juda ham katta ta’sir ötkazadi, kişi qiladigan işida birinçidan, ikkilanmaydi, ikkinçidan, Allohga tavakkal qiladi, uçinçidan, bu qilgan harakatiga agar bordiki moliyaviy foyda körolmasa ham, Allohning huzuridan ajr-savob olişni umid qilganligi sababidan, savob oladi.
Inson oddiy qiladigan dunyoviy işini gözal amallar sarasiga va savobga aylantirişi mumkin ekan. Inson bir xöplam suv içadi yoki bir burda non yeydi, ana şunda yaxşi niyat qilsa, ibodatga aylanadi. “Ibodatimga quvvat olaman” yoki “oilamni boqişim uçun quvvat topaman” desa, öşa “oddiy” narsa ham ibodatga aylanadi. Payğambarimiz Janobi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilarki, omonatdor, rostgöy tijoratçilar qiyomat kunida nabiylar bilan, siddiqlar bilan, şahidlar va solihlar bilan birga böladi, deganlar.
Mana şu moliyaviy işni amalga oşirişim bilan halol mol dunyo topaman, bolalarimga halol rizq yediraman, buning barakasi böladi, özimga ham, yurtimga ham baraka böladi, degan yuqori kayfiyat bilan kirişadi bu muomalaga.
Şokir Şaripov tayyorladi







