Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Tramp Eron bilan urushni may oyi o‘rtalarigacha tugatmoqchi
Foto: Julia Demaree Nikhinson/AP
AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z jamoasiga Eron bilan urush uzoqqa cho‘zilishining oldini olish va uni yaqin haftalarda tugatishni istashini bildirgan, deb yozmoqda The Wall Street Journal.
Nashr manbalariga ko‘ra, Tramp o‘zaro suhbatda maslahatchilariga Eron bilan urush yakuniy bosqichda va u to‘rt-olti haftadan keyin yakunlanishi kerak deb hisoblashini ma’lum qilgan.
WSJ suhbatdoshlari ma’lumotiga ko‘ra, Oq uydagilar Trampning XXR raisi Si Jinping bilan 14-15 may kunlariga belgilangan uchrashuviga qadar urushni tugatishni mo‘ljallagan.
Biroq, nashrning qayd etishicha, Trampda urushni to‘xtatishning oddiy variantlari yo‘q, tinchlik muzokaralari esa hozircha eng boshlang‘ich bosqichda.
WSJ manbalariga ko‘ra, AQSh prezidenti Erondagi urush uni boshqa maqsadlardan chalg‘itayotganini aytgan. Tramp bu yangi maqsad nimaligiga aniqlik kiritmagan, biroq nashrning ba’zi suhbatdoshlari gap Kubadagi rejim o‘zgarishi haqida ketayotgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishgan.
Mavzuga oid
13:47
Tramp Shavkat Mirziyoyevni Tinchlik kengashi yig‘ilishiga taklif qildi
09:35
Eron AQShning urushni to‘xtatish rejasini qabul qilmadi - OAV
22:54 / 25.03.2026
Tramp Texnologiya kengashiga Tsukerbergni tayinladi
21:11 / 25.03.2026