Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida Strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini kengaytirish to‘g‘risida qo‘shma bayonot imzolandi
Prezident Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon Strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini kengaytirish to‘g‘risida qo‘shma bayonotni imzoladi. Bundan tashqari, hukumatlar, vazirliklar va idoralar darajasida ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan hujjatlar to‘plami imzolandi.
O‘zbekiston – Tojikiston Oliy davlatlararo kengashining birinchi yig‘ilishidan so‘ng, 26 mart kuni ikki tomonlama hujjatlarni imzolash va almashish marosimi bo‘ldi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon Strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini kengaytirish to‘g‘risida qo‘shma bayonotni imzoladi.
Bundan tashqari, hukumatlar, vazirliklar va idoralar darajasida ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan hujjatlar to‘plami, jumladan:
– Tovar ayirboshlashni oshirish dasturi;
– Sanoat kooperatsiyasi dasturi;
– Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashtirish elektron tizimlarini o‘zaro qo‘llash to‘g‘risida bitim;
– Sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
– Chegaraoldi hududlarda radiochastotalarni o‘zlashtirishni muvofiqlashtirish to‘g‘risida bitim;

– “O‘zbekiston – Tojikiston investitsiya kompaniyasi”ni tashkil etish to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida bayonnoma;
– “Ye-Permit” axborot tizimidan foydalanish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida bitim;
– Fanlar akademiyalari o‘rtasidagi ilmiy hamkorlik to‘g‘risida bitim;
– 2026-2028 yillarda sanoat va innovatsiyalar sohasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish rejasi;
– 2026-2028 yillarda tog‘-kon sanoati va yangi texnologiyalar sohasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish rejasi;

– 2026-2027 yillarda madaniyat sohasida hamkorlik bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi;
– 2026-2028 yillarda turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”;
– 2026-2028 yillarda agrosanoat majmuida hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”;
– innovatsiya, davlat xizmati, moliya, ta’lim va sud qarorlarini majburiy ijro etish sohalarida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumlar imzolandi.
Mavzuga oid
20:44
Toshkentda Tojikiston elchixonasining yangi binosi ochildi
20:37
Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon Oliy davlatlararo kengash yig‘ilishi yakunlari yuzasidan bayonot berdi
18:01
O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari 10 ta qo‘shma loyihani ishga tushirdi
17:55