Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron AQSh qiruvchisini urib tushirgani aytilmoqda
Amerikalik uchuvchi asir olingan bo‘lishi mumkin.
Eron harbiylari mamlakat markaziy qismida AQShning yana bir F-35 qiruvchi samolyotini urib tushirganini e’lon qildi.
Eronning Mehr nashri havodagi kuchli portlash sababli uchuvchi omon qolgani dargumon ekani haqida yozgan.
Tehron 19 mart kuni ham xuddi shunday samolyotni yo‘q qilganini va F-35’ni urib tushirgan ilk davlatga aylanganini da’vo qilgandi.
NourNews agentligi Islom inqilobi muhofizlari korpusi jangchilari qidiruv amaliyoti chog‘ida Amerikaning urib tushirilgan F-35 qiruvchi samolyoti uchuvchisini topgani va qo‘lga olishgani haqida xabar berdi.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, korpus qiruvchi uchuvchisi o‘rindig‘i suratini namoyish etgan.

IRNA agentligi xabar qilishicha, uchuvchi katapulta qilishga ulgurgan. Shundan keyin AQSh harbiylari Black Hawk vertolyotlari va C-130 Hercules samolyoti orqali uni qidirishni boshlagan. Havoda Eron kuchlari bilan jang ham bo‘lib o‘tgan.
Sabereen News eronlik harbiylar AQSh harbiylariga Huziston yaqinida «og‘ir zarar yetkazgani»ni xabar qilgan.
Axios ma’lumotiga ko‘ra, gap Eron nashrlari yozganidek F-35 emas, balki F-15 samolyoti haqida ketmoqda.
Mavzuga oid
08:55 / 29.06.2026
AQSh va Eron yana o‘zaro hujumlarni to‘xtatishga kelishdi
13:06 / 28.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida yana zarbalar almashinuvi bo‘lib o‘tdi
20:23 / 27.06.2026
“Amerikaliklar tuzoqqa tushdi” - Eron elchisi
11:40 / 27.06.2026