Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda noqonuniy tibbiyot buyumlari savdosi fosh etildi
Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda dorixonalardan tashqarida yirik miqdorda tibbiyot buyumlarini noqonuniy sotish bilan shug‘ullangan bir necha shaxs ushlandi. Holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Toshkent shahar boshqarmasi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.A. 58 500 dona tibbiyot qo‘lqopi, 1 000 dona tomizg‘ich (pipetka), 4 000 dona nitrovinil qo‘lqop va 25 o‘ram jgutni fuqaro X.A.ga 9 ming AQSh dollariga sotgan vaqtida ushlangan.
Shuningdek, fuqaro A.Yu. 5 980 dona ingalyatsiya niqobi, 34 dona ingalyatsiya uskunasi hamda fizioterapiya uchun mo‘ljallangan 100 quti ignalarni 17 100 AQSh dollariga dorixonadan tashqarida sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Bundan tashqari, Departamentning Yashnobod tumani bo‘limi ishtirokida o‘tkazilgan yana bir tezkor tadbirda fuqarolar O.K., U.K. va M.M. 62 dona Almac-01 fizioterapiya uskunasi, 2 dona Yuwell havo so‘rgich apparati hamda 2 dona tez tibbiy yordam sumkasini 158,5 million so‘mga sotgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi — sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalari va tibbiy buyumlarni noqonuniy muomalaga kiritish hamda ularni dorixonalardan tashqarida sotish bilan bog‘liq moddasi asosida jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
11:15 / 18.07.2026
Toshkentda Tesla haydovchisi bir yilga rulga o‘tirish huquqidan mahrum etildi
18:22 / 15.07.2026
Toshkentda bekatlar yana almashmoqda: odamlar rozimi?
11:57 / 14.07.2026
Poytaxt hokimligi 2034 yilgacha berilgan reklama pasportlarini bekor qilmoqchi: tadbirkor va davlat organlari o‘rtasida huquqiy bahs yuzaga keldi
10:00 / 08.07.2026