Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda taniqli bloger ayol plastik operatsiyadan so‘ng vafot etdi
Saule Bazarxan mahalliy anesteziya ostida rejali liposaksiya operatsiyasiga yotqizilgan, ammo undan tirik chiqmagan.
Qozog‘istonning Almati shahrida mashhur bloger va tadbirkor Saule Bazarxan (Saule Yermaxanova) vafot etdi. U 53 yoshda edi.
Qarindoshlarining so‘zlariga ko‘ra, fojia 2026 yil 15 may kuni Smart Beauty Clinic xususiy klinikasida sodir bo‘lgan. Ayol mahalliy anesteziya ostida rejali liposaksiya operatsiyasiga yotqizilgan. Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, muolaja taxminan 1-1,5 soat davom etishi kerak edi.
Qizi Saulening aytishicha, operatsiya boshlanganidan keyin bir necha soat davomida oilasi uning ahvoli haqida aniq ma’lumot ololmagan. O‘lim haqida faqat kechqurun xabar berilgan. Yaqinlarining ta’kidlashicha, tez yordam kechikib kelgan va ayol taxminan uch soat davomida qarovsiz qolgan.
Almati politsiya departamenti o‘lim faktini tasdiqladi va ushbu hodisa bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Sudga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda, klinikada ham tekshiruv boshlangan.
Saule Bazarxan muvaffaqiyatli tadbirkor va minglab auditoriyaga ega bloger sifatida tanilgan edi. Uning o‘limi Qozog‘istonda shov-shuvga sabab bo‘ldi.
Smart Beauty Clinic o‘lim faktini tasdiqladi, biroq shifokor siriga asoslanib, batafsil izoh berishdan bosh tortdi.
Mavzuga oid
20:56
Qozog‘istondagi ikki prezidentparast partiya saylov oldidan birlashdi
18:28
Qozog‘istonda pora berish niyati jinoyatga tenglashtirildi
20:25 / 10.06.2026
Qozog‘istonda jinsiy zo‘ravonlik jinoyatlari tergovi ayol tergovchilarga topshiriladi
18:53 / 10.06.2026