Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.
AQŞ–Eron prezidentlari kelişuvni imzoladi
AQŞ va Eron çorşanba kuni öz prezidentlari uruşga çek qöyiş maqsadida imzolagan muvaqqat kelişuv matnini e’lon qildi. 14 banddan iborat kelişuv yakuniy sulh böyiça muzokaralar olib boriş uçun otaşkesim muddatini yana 60 kunga uzaytiradi.
Donald Tramp ham, Eron prezidenti Mas’ud Pizişkiyon ham memorandumni ingliz va fors tillarida raqamli imzolagan. Eron taşqi işlar vazirligi esa kelişuv çorşanba kunidan boşlab kuçga kirganini ma’lum qildi.
Tramp hujjatni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan Versal saroyida — Birinçi jahon uruşiga rasman çek qöygan maşhur şartnoma imzolangan joyda imzoladi.
Tramp Eronga hujum qiliş böyiça ilgari surgan asoslaridan kamida bittasidan voz keçdi. U Tehronda ballistik raketalar bölmasligi «adolatsizlik» bölişini aytdi.
«Men şuni aytmoqçimanki, agar boşqa davlatlarda bu narsa bölsa, ularda ham oz bölsa-da bölmasligi biroz adolatsizlikdir», dedi Tramp Parijda jurnalistlarga.
Tramp fevral oyida «Eronning raketa sanoatini yer bilan bitta qiliş» haqida va’da bergandi.
«Agar ular kelişuvni buzsa, biz ularni ayovsiz bombardimon qilamiz», dedi Eron haqida gapirar ekan. Şuningdek, u eronliklarni «aqlli odamlar» deb atadi. AQŞ va Eron muzokaraçilari yaqin 60 kun içida doimiy sulh ustida iş olib bormoqda, Tramp uşbu sulh Yaqin Şarqqa tinçlik olib kelişi va neft narxini pasaytirişiga umid bildirgan.
Eron rahbarlari esa uşbu lahzani bayram qilmoqda.
«Harbiy harakatlar orqali erişmoqçi bölgan hamma narsamizga muzokaralar orqali bir neça barobar köproq erişdik; buni hatto qiyoslab ham bölmaydi», dedi Eronning boş muzokaraçisi Muhammad Boqir Ğolibof.
Memorandum barça jabhalarda, jumladan, Livanda uruşni zudlik bilan töxtatişni, Hörmuz böğozida dengiz qatnovini «heç qanday tölovsiz» töliq tiklaşni, AQŞning Eron portlari blokadasini olib taşlaşni, Eronga qarşi sanksiyalarni bekor qilişni, uning aktivlarini muzlatişdan çiqarişni hamda uruşdan keyingi tiklanişi uçun 300 milliard dollarlik investitsiya fondini taşkil etişni közda tutadi.
Rossiya–Ukraina uruşi
Ukraina dronlari şu haftada ikkinçi marta Moskvadagi neftni qayta işlaş zavodiga zarba berdi.
Payşanba kuni erta tongdan Moskva uzra yuzlab dronlar urib tuşirildi, deb ma’lum qildi şahar meri Sergey Sobyanin. Reuters guvohining xabar berişiça, Moskva neftni qayta işlaş zavodi joylaşgan tumanda olov va qalin tutun ustunlari köringan.
«Havo mudofaa kuçlari ommaviy hujumni qaytarişda davom etmoqda. Bir neçta dron Moskva neftni qayta işlaş zavodigaça yetib borişga muvaffaq böldi», dedi Sobyanin. Şuningdek, u savdo markazlaridan biriga ham «yengil zarar» yetganini qöşimça qildi.
Seşanba kungi dron zarbasi uşbu zavod faoliyatini töxtatib qöygan edi. Moskvadagi eng gavjum aeroport hisoblangan Şeremetevo parvozlarni vaqtinça töxtatdi va odamlarni evakuatsiya qildi.
Kiyev ham şu haftada ikkinçi marta havo hujumiga uçradi — Rossiya Ukraina poytaxtiga ballistik raketalar bilan zarba berdi.
Kiyevda portlaş ovozlarini eşitgan Sumi şahri rasmiylari dron hujumi oqibatida bir kişi halok bölganini ma’lum qildi. Ukraina hududining katta qismida havo hujumidan ogohlantiriş e’lon qilindi.
Uşbu yangi hujumlar Zelenskiy uruşni muzokaralar orqali tugatiş uçun Rossiyaga bosimni kuçaytirişga urinayotgan vaqtda yuz berdi.
Yevropada migratsiyaga qarşi kuraş
Yevropa parlamenti Ittifoqda boşpana beriş rad etilgan, biroq öz vataniga deportatsiya qilinişi imkonsiz bölgan çet elliklarni mamlakatdan çiqarib yuboriş töğrisidagi yangi reglamentni ma’qulladi.
Bunday şaxslar uçun uçinçi mamlakatlarda vaqtinçalik yaşaş markazlarini taşkil etişni közda tutuvçi qoidalarni — 666 nafar deputatdan 418 nafari qöllab-quvvatlagan.
Uşbu «qaytariş xablari» aynan qayerda taşkil etilişi hozirça noma’lum. Mumkin bölgan variantlar qatorida Afrika davlatlari muhokama qilinmoqda.
Yangi reglament, şuningdek, yaşaş uçun ruxsatnomasi yöqligiga qaramay, hududni tark etişdan boş tortayotgan şaxslarga qat’iyroq sanksiyalarni közda tutadi.
Bunday migrantlar tez-tez hibsga olinişi kutilmoqda. Şuningdek, Yevropa Ittifoqiga qayta kirişni taqiqlaş çoralari tizimli ravişda qöllanadi. Noqonuniy migratsiyaga qarşi kuraşişning yangi ehtimoliy çoralari qatorida nafaqalar miqdorini kamaytiriş yoki ularni tölaşni butunlay töxtatiş ham bor.
Bryussel yangi qoidalar tufayli – köplab noqonuniy migrantlar öz ixtiyori bilan vataniga qaytişga qaror qiladi, deb umid qilmoqda.
Janubiy Koreya bufer zonani qisqartirmoqçi
Janubiy Koreya Mudofaa vazirligi fermerlar va mahalliy aholiga kuçli mustahkamlangan çegara — demilitarizatsiya qilingan zona yaqinidagi yerlarda 2027 yildan biroz köproq foydalanişga ruxsat bermoqçi.
Vazirlikning bildirişiça, harbiylar tomonidan nazorat qilinadigan bufer zona — Fuqarolik nazorati çiziği 10 kilometrdan örtaça 6 kilometrgaça qisqartiriladi.
«Fuqarolik nazorati çiziği tinç aholi kirişini çeklaş va harbiy amaliyotlarni kafolatlaş uçun taşkil etilgan edi. Biroq uning amaldagi nazorat çoralarini töldiriş zarurligi haqidagi çaqiriqlar tobora ortib bormoqda», dedi Janubiy Koreya mudofaa vaziri An Gyu Bek.
Uning aytişiça, harbiy işçi kuçi qisqarib borayotgan bir şaroitda Fuqarolik nazorati çiziğini tuzatiş rejasi işlab çiqilgan.
Janubiy koreyaliklar uşbu hududda yaşaş yoki dehqonçilik qiliş uçun harbiylarning ruxsatini olişlari şart. Tahlilçilarning fikriça, mahalliy aholi jiddiy iqtisodiy noqulayliklarga duç kelmoqda.
«Biz harbiy amaliyotlarga xalaqit bermaydigan darajada mintaqaviy rivojlanişga imkon beramiz», dedi mudofaa vaziri.
Ikki Koreya hozirgaça rasman uruş holatida qolmoqda. Çunki 1950–1953 yillardagi Koreya uruşi tinçlik şartnomasi bilan emas, balki faqat sulh bitimi bilan yakunlangan.
Fuqarolik nazorati çiziği – uşbu uruşdan keyin Janubiy va Şimoliy Koreya örtasidagi çegara böylab harakatlanişni nazorat qiliş va harbiy obektlarni himoya qiliş uçun taşkil etilgan.
Bu çora Şimoliy Koreyaning noroziligiga sabab bölişi dargumon, çunki u çegaraning faqat Janubiy Koreya tomonidagi hududlariga daxldordir.











