31 Mart

2020 yilda Buxoro viloyat ma'muriy sudlari tomonidan budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi tuman va shahar bo‘limlari mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari ustidan berilgan shikoyatlarga asosan, jami 201 ta ish ko‘rilgan. 

Kecha, 30 mart kuni Buxoro shahridagi «Favvoralar maydoni»da tashkil etilgan saylda Adliya va «Madad» NNT hududiy byurosi xodimlari tomonidan mehnat, uy-joy, moddiy yordam, tadbirkorlik masalalari bo‘yicha fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.  

29 Mart

Buxoro viloyatining Olot va Kogon tumanlarida yangi maktabgacha ta'lim tashkilotlari ish boshladi. Ulardan biri Koreya respublikasi tajribasi asosida qurildi.

24 Mart

Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar, urush hamda mehnat faxriylari uchun mo‘ljallangan sanatoriy -  «Sitorai Mohi Xossa» sanatoriysi yaqinida faoliyat yuritib kelgan, ta'mirtalab ahvolga tushib qolgan Viloyat urush va mehnat faxriylari kasalxonasi o‘rnida barpo etilgan. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

23 Mart

Buxoro shahrida ikki nafar firibgar soxta aviachipta tayyorlab berib, 17 nafar fuqaroni 22 100 dollarga chuv tushirdi.

22 Mart

Buxoro viloyati transport boshqarmasi jamoat transportlari va yo‘nalishsiz taksilarda niqobsiz harakatlanish man etilishi, tartibga rioya qilmaganlarga nisbatan qat'iy choralar qo‘llanilishini ma'lum qildi.

20 Mart

Buxoro viloyatining Peshko‘ tumanidagi 4-sonli davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatining yotoqxonasi 430 million so‘m mablag‘ evaziga ta'mirlandi va «Ayollar ijtimoiy yotoqxonasi»ga aylantirildi. 

18 Mart

Buxoro viloyatida Oliy sud raisi o‘rinborsari Ikrom Muslimov tomonidan sud-huquq sohasida sayyor qabullar boshlandi. 

16 Mart

Buxoro shahar aholi bandligiga ko‘maklashish markazi mansabdor shaxslari qariyb 135 million so‘m budjet mablag‘larini talon-toroj qilishda gumonlanmoqda.

Buxoro viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi viloyat hududidagi epidemiologik vaziyat haqida ma'lumot berdi. 

6 Mart

Kogon shahrida yashovchi 27 yoshli ayol 10 dan ortiq fuqaroga OIV infeksiyasini qasddan yuqtirgan va yuqtirish xavfi ostida qoldirgan, deb ma'lum qildi Buxoro viloyati IIB axborot xizmati.

4 Mart

Buxoro viloyatida hokimlik balansida bo‘lgan 11 gektarga yaqin yer maydonini katta pulga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga tushdi.

Ko`proq yangiliklar
Top