Keksalar va nogironligi bölgan şaxslar, uruş hamda mehnat faxriylari uçun möljallangan sanatoriy - «Sitorai Mohi Xossa» sanatoriysi yaqinida faoliyat yuritib kelgan, ta'mirtalab ahvolga tuşib qolgan Viloyat uruş va mehnat faxriylari kasalxonasi örnida barpo etilgan. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
100 örinli sanatoriy Investitsiya dasturi asosida 15,5 milliard söm mablağ hisobiga rekonstruksiya qilingan va zarur anjomlar, tibbiy taşxis apparatlari bilan ta'minlangan.

Ta'kidlanişiça, muassasa suyak muşak tizimi, böğim kasalliklari, umurtqa poğonasining surunkali kasalliklari, asab tizimi xastaliklari, ovqat hazm qiliş tizimi, endokrin kasalliklar parvarişi, stomatologik va yuqori nafas yöli kasalliklari profilaktikasi hamda davolaşga möljallangan.

Hokimlik axborot xizmatiga köra, bugun Buxoroda istiqomat qilayotgan mehnat faxriylari soni 215 ming nafarga yetgan. Viloyat miqyosida 85 nafar uruş va mehnat fronti faxriysi sanatoriylarda davlat budjeti hisobidan soğlomlaştirilişi közda tutilgan. Ulardan 60 nafari esa kasaba uyuşmalari tizimidagi sanatoriylarda davlat budjeti hisobidan bepul davolanadi.












